Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 266,5 Kb.
səhifə23/25
tarix27.11.2022
ölçüsü266,5 Kb.
#120011
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
O`ZBEK TILIDA SO`Z TURKUMLARI TASNIFI MASALALARI

Umumiy xulosalar

Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, jamiyat doimo taraqqiyotda ekan, til ham taraqqiy qilib boraveradi. Jamiyatda bo`lgan o`zgarishlar tilga ta`sir etmay qo`ymaydi. Mustabid tuzum (sho`ro)davri madaniyatimizga keskin ta`sir o`tkazgan edi.O`zbek tili mavqeyi pasaygan(rus tiliga e`tibor kuchaygan davr) bir bosqichda grammatikadagi milliy xoslikka ahamiyat berilmadi. Yaratilgan darslik, o`quv qo`llanmalarda ilmiy qarashlar rus tili grammatik talqinlari asosida berilar edi. Jumladan, so`zlarni turkumlarga ajratishda ham an`ana bo`lgan tamoyillar, miqdor(6ta mustaqil so`z turkumi...) kabilarga tayanildi. Zero har bir tildagi so`zlar o`zining grammatik belgisi va semantik xususiyatiga qarab turli guruhlarga bo`linadi. Grammatik qurilishi jihatidan har xil bo`lgan tillardagi so`zlarning semantik-grammatik xususiyatlari, qo`llanish doirasi, o`zaro birikishi, boshqa belgilari doimo bir xil bo`lmaydi. Qolaversa, so`zlarni turkumlarga ajratishda hamma tillar uchun umumiy bo`lgan yagona bir tamoyil bo`lishi mumkin emas. Muayyan bir tilda so`zlarni turkumlash shu tilda so`zning o`ziga xos ma`nosi, grammatik xususiyati, so`z yasalish tizimi va so`zlarning o`zaro birikish qobiliyati asosida ishlab chiqilishi lozim. Zeroki, hatto qardosh tillar orasida ham so`z turkumlari va ularning ichki guruhlarini ajratishda ham jiddiy farq bo`lishi mumkin.


O`zbek tilshunosligida bugungi kunda so`z turkumlarini ajratishning mantiqiy, lisoniy mezonlarini aniqlash bo`yicha ma`lum yutuqlarga erishildi, deb aytish mumkin. Har bir turkumning turkona lisoniy talqini, boshqa lug’aviy hamda grammatik kategoriya bilan semantik-funksional o`xshashligi va farqi bo`yicha ancha ma`lumotlar qo`lga kiritildi .
So`z turkumlari ichida ravish, taqlidlarning o`rni alohida tadqiqot ishlarida o`rganildi. Ravishlarning o`zgarmaslik tabiati, lug’aviy ma`no guruhiga kiritilgan so`zlar qatlami qayta yangi tamoyillar asosida o`rganilib chiqildi. Olmoshning, sifatning grammatik vazifa bajarish imkoniyatlari kengaytirildi. Taqlidlarning MSTlari tizimidagi o`rni, uning lug’aviy-morfologik-sintaktik tabiati ochib berildi. Alohida xususiyatga ega modal, undovlar so`z-gap doirasida zamonaviy talqinlarda tadqiq qilindi. Yordamchi so`z turkumlari tizimi va ularning funksional jihati, lisoniy xususiyatlari yana bir karra o`rganildi.
Mustaqil so`z turkumlarining umumiy grammatik ma`nolari formal-funksional ilmiy yondashuv asosidà muayyanlashtirildi.
Ko`pincha ot so`z turkumiga nisbat berilgan kelishik, egalik; fe`l so`z turkumiga nisbat berilgan zamon, tasdiq-inkor, shaxs-son kabi shakllarning turkona xususiyati tadqiq qilindi. Mazkur shakllar tasniflovchi kategoriyalar atamasi ostida o`rganila boshlandi. Qisqasi, tilning morfologiya sathiga qorishtirilgan sintaktik hodisalar aniqlanib, alohida o`rganildi. So`z turkumlari o`zbekona grammatik talqinlar bilan keng yoritildi.



Yüklə 266,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin