2
MAVZU: SHAXSNING IJTIMOIYLASHISH OMILLARI
REJA:
KIRISH
I BOB. SHAXSNING RIVOJLANISHI VA IJTIMOIYLASHUVI
1.1. Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha
1.2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida shaxs talqini
II BOB. KISHILIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA SHAXSNI
TARBIYALASH MUAMMOSI
2.1. Shaxsga yo„naltirilgan o„quv-biluv jarayonini tashkil etishning o„ziga xos
xususiyatlari
2.2. Tarbiyaning ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayon ekanligi
XULOSALAR
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
3
KIRISH
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo„lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan,
shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi,
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo„lgan jamiyatning a‟zosini
ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo„lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi,
o„zini yaxlit inson sifatida his etishi, o„z xususiyatlari va sifatlari bilan
boshqalardan farq qilishi kerak.
«Hech bir odam dunyoga tayyor bo„lib tug„ilmaydi, ya‟ni to„la shakllangan
bo„lib, lekin uning har qanday hayoti to„xtovsiz rivojlanish harakatida, tinimsiz
shakllanishda bo„ladi», deb yozgan edi V.G.Belinskiy.
Prezidentimiz I.A.Karimov o„zining Tafakkur jurnaliga bergan intervyusida
jamiyatimiz uchun mustakil fikrlovchi erkin shaxs tarbiyasi dolzarb masala
ekanligini takidlaydi: Bizga meros bulib kolgan talim tarbiya tizimining malum bir
makul jixatlari bilan bir katorda uning eng nomaqbul tomoni shundan iborat ediki,
ukuv jaraenida ukuvchi va talabalarni mustakil va erkin fikrlashga yul kuymaslik,
har kaysi ukuv yurtlarining bilimiga karab emas, avvolo, ularning sobik sovet
tuzumiga va soxta g„oyalariga sadokatini xisobga olib baxolash va xayotga
yo„llash tamoyili asosiy o„rinni egallar edi. Ko„p joylarda sifat o„rniga son ketidan
quvish ustunlik qilardi. Kupchilik haqiqiy bilim yoki malaka orttirish maksadida
emas, amal taqal qilib diplomli bo„lib olish ilinjida texnikum yeki institutlarga
kirar edi. Bu tuzumdan bizga kolgan meroslar ichidagi shunga uxshagan salbiy
asoratlarni, afsuski, xozir ham sezib turibmiz. Bu tizim vataniga, xalkiga, millatiga
fidakor, mustakil fikrlaydigan, biror bir masalani ongli ravishda, masuliyat bilan
xal kiladigan, izlanuvchan, yangilikka intiluvchi kadrlarni emas, asosan saez
saviyali kadrlarni, mute kishilarni ming-minglab yetishtirgan edi.