Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi


II BOB ODAMLARNI QANDAY BILISH VA TUSHUNISH MUMKIN



Yüklə 106,85 Kb.
səhifə5/9
tarix26.11.2023
ölçüsü106,85 Kb.
#135542
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-курс иши

II BOB ODAMLARNI QANDAY BILISH VA TUSHUNISH MUMKIN
2.1. EMOTSIONAL BUZILISHLAR. EMOTSIYANI AMALIY JIHATDAN TADBIQ ETISH
Hissiyot patologiyasi ruhiyatning har xil buzilishlari orasida, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda psixologlar XXI asrni depressiya asri deb bong urishmoqda. Xo‘sh, depressiya o‘zi nima? Depressiya — bu hozirgi kunga va kelajakka ishonch- sizlik bilan qarash, doimo past kayfiyatda bo‘lish, horg‘inlik, biror faoliyatga intilmaslik va fikrlashning sustlashuvidir. Albatta, fikrlashning sustlashuvi og'ir depressiv holatlar uchun xosdir. Ko‘rib turganingizdek, depressiya inson uchun xos bo'lgan barcha ijobiy faoliyatni yo'qqa chiqaradi yoki susaytirib yuboradi. Bunda bemorlar atrofdagilarga befarq bo‘lib qoladilar, kamgap, ma’yus, ko‘pincha ko‘zyoshi qiladilar. Ularning ongi ma’yus, g‘amgin kechinmalarga to‘lib ketadi. Hozirgi, o'tgan zamon va kelajak ularga qayg‘uli bo‘lib tuyuladi. Ular olamga go‘yo qora ko‘zoynak taqqan holda qaraydilar. Og‘ir kechuvchi kasalliklarda bemorlar uzoq vaqt davom etadigan tushkunlikka tushib, ovqat yeyishdan bosh tortishadi, o‘z joniga(ayniqsa, o‘smirlar orasida) suiqasd qilishga urinadilar. Ba’zan o‘z joniga qasd qilish uchun arzimagan sabab turtki bo‘ladi. Masalan, ota-onasi uning xohlagan kiyim-kechagini sotib olib bermasa yoki diskotekaga ruxsat bermasa, sevgan kishisi bilan uchrashgani qo‘ymasa va hokazo. Umuman olganda, o‘smirni qattiq nazoratga olish og'ir oqibat- larga olib kelishi mumkin. Ota-ona, ayniqsa, 14—17yoshdagi farzandlari bilan ehtiyotkorlik bilan muloqotda bo‘lishi, nazoratni tergovga aylantirib yubormasliklari kerak. Rossiyada o'smirlar orasida bo‘lib o‘tgan bir-ikkita o‘z joniga qasd qilishlarning sababini keltirib o‘tamiz. Barcha yoshlarning sevimli estrada qo‘shiqchilari Viktor Soy, Igor Sorin hayotdan ko‘z yumganlaridan keyin Rossiya yoshlari orasida o‘z joniga qasd qilish juda ko‘p kuzatilgan. Ular, ayniqsa, 15—17 yoshli o‘smirlar edi. Igor Sorin o‘zi yashaydigan uyning 6- qavatidan sakrab o‘ladi. Biroz vaqt o‘tgach, 15 yoshga hali to‘lmagan qiz dugonasi bilan birga 9-qavatning tomiga chiqib, ikkalasi ham yerga sakrashadi va jon berishadi. Ularning yon daftarlarida shunday misralar bitilgan edi. «Igor! Bizga sensiz hayotning ne keragi bor. Biz ham sening ortingdan, sening bag'ringga, yulduzlarga ravona bo‘lamiz! Bizni kechiringlar». Emotsional xolatlarda kishining rangi oqarib ketadi yoki qizaradi, muskullarning taxi- yoki bradikardiyasi, gipo- yoki gipertoniyasi, ter, yosh, yog‘ bezlari va boshqa bezlarning faoliyati o‘zgaradi. Qo‘rqib ketgan kishining ko‘zlari katta-katta ochilib, ko‘z korachig‘i kengayadi, qon bosimi ko‘tariladi. Bazan “tovuq eti” paydo bo‘ladi, sochlari tik bo‘ladi va xokazo, ya'ni xayajonlanishda tomir – vegetativ va endokrin o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Asosan salbiy xarakterdagi juda kuchli kechinmalar bilan paydo bo‘ladigan nevrozlarda vegetativ-tomir buzulishlari sodir bo‘ladi.
U yoki bu xis-tuyg‘uning uzoq davom etishi va ifodalaninish darajasiga qarab quyidagi emotsiyalar: kayfiyat, extiros, affekt mavjud bo‘ladi. Kayfiyat - uzoq davom etadigan emotsional xolat bo‘lib, u ko‘proq intensivlikka erishmaydi va yetarli darajadagi uzoq davr mobaynida muxim tebranishlarga ega bo‘lmaydi. Ijobiy yoki salbiy kayfiyatning davom etishi bir necha soatdan bir necha kungacha va xatto xaftagacha davom etadi. Kayfiyat faoliyatining tegishli darajasini ta'minlaydi. Agar emotsional faoliyatda nisbatan barqaror kayfiyatni ta'minlab turadigan muvoznatlashtiruvchi regulyator bo‘lmaganda edi, u xolda odam to‘xtovsiz ravishda doimo paydo bo‘lib turadigan emotsiyalar va xis- tuygular ogushida bo‘lardi xamda samarali faoliyatga qobil bo‘lmasdi. Bunday xollar kasallik xolatida sodir bo‘ladi.
Extiros- uzoq cho‘ziladigan va intensiv emotsiya bo‘lib , u inson uchun muayyan axamiyatga egadir. Kuchli va uzoqqa cho‘ziladigan extiros kishining oliy va quyi extiyojlariga xam ta’aluqli bo‘lishi mumkin. U kishining faoliyatini uyushtirish va rag’batlantirishga qodirdir. Buyuk extiros kishilarni jasoratlarga , buyuk kashfiyotlarga yollaydi. Bunga yaqqol misol olim va tadqiqotchi Jordano Brunoning jasoratidir. U N.Kopernikning geliosentrizm xaqidagi nazariyasini (yer va oyning quyosh atrofida xarakat qilish qonuni)ancha chuqurlashtirdi o‘zining "din aqidalariga xilof" g’oyalari uchun xukm qilingan J.Bruno inkivizitorlarga: "yondirmoq rad qilmoq degani emas, men jafokash sifatida o‘z ixtiyorim bilan qurbon bo‘layapman" , - deb xitob qilgan. Vatanimiz va chet el tarixida buyuk extiros tadqiqotchilarni yer atrofida sayoxat qilishga, Janubiy va Shimoliy qutblarni zabt etishga, buyuk tog’ cho‘qqilarini egallashga ko‘pdan ko‘p misollar ma’lum. Nixoyatda buyuk bir extiros K.Ye. Tsiolkovskiyni kosmik parvozlarning mumkinligini isbotlab berish uchun maxrumliklarga borishga, ertalabdan kechgacha tinim bilmay ishlashga majbur qilgan. Vrachlar insonni qutqarish va kasallik tabiatini isbotlab berish uchun o‘zlariga yuqumli kasalliklarni yuqtirganlar, xayotlarini xavf ostida qoldirganlar.
Affekt (jazava) - bu nixoyatda aniq ifodalangan, lekin qisqa davom etadigan emotsiya, to‘satdan paydo bo‘ladigan kuchli ruxiy xayajonlanish. Affekt shunday bir xolatki, unda qisqa vaqt ichida paydo bo‘ladigan xis-xayajonlar aql-idrokning raxbarlik ta'siriga xuddi tutqich bermaganday bo‘ladi. Darg’azablik, rashk, jaxl, quvonch jazavasi va boshqa jazavalar bo‘ladi. Jazava odatda shiddatli xarakatlantiruvchi reaksiya bilan birga bo‘ladi. Aql-idrok nazorati ostida bo‘ladigan jazava fiziologik jazava nomini olgan. Undan farqli o‘laroq, bir qator xastalik xolatlarida patologik jazava xam kuzatiladi. Patologik jazava xolatida bo‘lgan kishi o‘z xatti-xarakatlarini boshqarish, o‘z qilmishlari xaqida o‘ziga xisob berish qobiliyatini yo’qotadi va jazava vaqtida nima qilganligini bilmaydi(amneziya). U odam o‘ldirishgacha jinoyat sodir qilishi mumkinki, bu xolat uni o‘z-o‘zini o‘ldirishgacha olib boradi. Patologik jazava psixopatiya, epilepsiya, bosh miyaning organik shikastlanishidan azob chekuvchi shaxslarda uchraydi.
Nima uchun o‘z joniga qasd qilishadi? Buning psixologik mexanizmlari nimalardan iborat? Olz joniga qasd qilishni 3 turga bo‘lish mumkin: haqiqiy, yashirin va tantanavor. Haqiqiy suiqasd hech qachon to‘satdan bo‘lmaydi. Unga doimo past kayfiyat, depressiya hamroh bo‘ladi. Bunday shaxslar tez-tez hayotning mantig‘iga murojaat qilib turishadi. O'smirlar suiqasdning bu turiga javobsiz sevgidan, yorining bevafoligidan murojaat qilishsa, qariyalar farzandlaridan keskin xafa bo'lgan paytlarida o‘limning ushbu turini tanlashadi. Odam o‘zining muammolariga boshqalarning e’tiborini qaratmoqchi bo'lsa, o‘z joniga qasd qilishning yashirin turini tanlaydi. Bunday odamlar ba’zan o‘z joniga qasd qilajagini eng yaqin odamlariga aytib ham yurishadi. Lekin bunga e’tibor berilmaydi yoki kulib javob berishadi. Suiqasdning bu turi, ko‘pincha, iqtisodiy qiynalgan odamlar orasida uchraydi. Tantanavor tarzda hayotdan ko‘z yumuvchilar o‘smirlar orasida ko‘p uchraydi. Bunga misol, yuqorida keltirganimizdek, sevimli qo‘shiqchisi o‘lganidan keyin o‘z joniga qasd qilgan qizlardir. Keltirgan misollarimizning barchasi, eng awalo, hissiy qo‘zg‘aluvchanlik darajasiga tegishlidir. Bu daraja individual ravishda xilma- xil bo‘ladi. Depressiya, ko‘pincha, nevrasteniya va psixoasteniyalarga hamroh bo'ladi. Og‘ir darajada ifodalangan depressiyalar shizofreniya kasalida uchraydi. Depressiya holatlari bosh miyaning qon-tomir kasalliklarida, toksik ensefalopatiyalarda, uzoq davom etuvchi anemiyada va qiyin tuzaluvchi somatik kasalliklarda ham uchraydi. Kayfiyatning turli xil buzilishlaridan bo'lmish eyforiya va disforiya ham keng tarqalgan simptomlardir. Eyforiya — bu ko‘tarinki, quvonchli kayfiyat bo‘lib, patologik belgi hisoblanadi. Ularga atrofdagi barcha narsalar quvonchli, jozibali bo‘lib ko‘rinadi. Ular o‘zlarini dunyoda eng baxtiyor kishidek his qilishadi (bunga hech qanday asos bo‘lmasa-da). Disforiya esa ortiqcha jizzakilik, o‘z-o‘zidan va atrofdagilardan xafa bo‘lish, arzimagan narsaga asabiylashaverish bilan ifodalanadi. Bunga badqovoqlik, yoqtirmaslik va badjahllik qo'shilishi ham mumkin. Disforiya epilepsiyada ko‘p uchraydi. Ba’zi bir ruhiy xastaliklarda hissiy ambivalentlik kuzatiladi: bemorlarda bir vaqtning o‘zida bir-biriga qarama-qarshi, aql bovar qilmaydigan tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Onasini juda ham sevgan o‘smir bola, unga ko‘p mehribonlik va g‘amxo‘rlik qila turib, begonalar oldida o‘z mushtiparini qattiq haqorat qilishi yoki aybini aytib, ustidan xaxolab kulishi mumkin. Shuni e’tiborga olish kerakki, ambivalentlikning ayrim xususiyatlari soppa-sog‘ odamlarda ham uchrab turadi. Chunonchi, bemor durust kayfiyatda bo'la turib, arzimagan narsadan jirkanadi. Ba’zan his-tuyg‘ularning nomunosib ko‘rinishlari ham uchrab turadi. Masalan, shizofreniyaga chalingan bir bemor yerda yotgan papiros qoldig‘ini ko‘rib qolib, yig‘lab yuborgan va shunday degan: «Bechoraginam, yolg‘izginam, bir o‘zing yotibsan-a, hech kim senga qaramaydi ham, hech kim senga achinmaydi ham, yur ketdik». Affekt — bu to‘satdan paydo bo‘ladigan, qisqa muddat davom etuvchi hissiy portlashdir. Fiziologik va patologik affektlar farq qilinadi. Masalan, chinqirib yig'lagan, sochini yulgan, farzandidan mahrum bo‘lgan onaizorda fiziologik affekt alomatlarini ko‘ramiz. Fiziologik affekt paytida odam o‘z ahvolini anglab turadi yoki qisman nazoratni yo'qotadi. Patologik affekt paytida odam o‘zini boshqara olmay qoladi va bemalol birovning (o‘zining ham) joniga qasd qilib qo‘yadi. Qahr, g‘azab, rashk, ajablanish va xursandchilik affektlari farq qilinadi. Patologik affektda ongning torayishi tufayli qisman yoki to‘la amneziya ham kuzatiladi. Shuning uchun ham affekt paytida odam nima qilganini eslay olmaydi (bunga misol keltirib o‘tdik). Patologik affekt maniakal — depressiv sindromda, epilepsiyada yaqqol namoyon bo‘ladi.

Yüklə 106,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin