Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan kurs ishi yozish bo


Boshlang’ich sinf o`quvchilari shaxsini shakllantirish. Boshlang’ich sinf o`quvchilari shaxsini shakllantirishning nazariy asoslari



Yüklə 186,05 Kb.
səhifə15/26
tarix27.01.2023
ölçüsü186,05 Kb.
#122632
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan

49. Boshlang’ich sinf o`quvchilari shaxsini shakllantirish. Boshlang’ich sinf o`quvchilari shaxsini shakllantirishning nazariy asoslari. Boshlang’ich sinf o`quvchilari shaxsining o`ziga xos xususiyatlari.
Boshlang’ich sinf o`quvchilari shaxsini shakllantirishda o`yinlarning ahamiyati. Harakatli o`yinlarning axloqiy imkoniyatlari. Boshlang’ich sinf o`quvchilari shaxsini shakllantirishning amaliy asoslari. Boshlang’ich sinf o`quvchilari shaxsini shakllantirishda axloqiy tarbiyaning o`rni.
Kurs ishini yozish tartibi va qoidalari.
Kurs ishi 35 – 40 varaq hajmda talaba tomonidan kompyuterda yoziladi. Ishni boshlashdan oldin fan o‘qituvchisi yoki kurs ishi yuzasidan tayinlangan rahbar bilan rejani kelishib olishi mumkin.
Kurs ishini bajarish bosqichlari:

  • tavsiya etilgan mavzular orasidan mustaqil, qiziqqan yoki tanlangan ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha mavzuni tanlab olishi;

  • mavzu yuzasidan aniq ish rejasi ishlab chiqish;

  • mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishish va zaruriy materiallarni to‘plash;

  • tegishli tartibda nazariy asosini yoritishi;

  • amaliy manbalardan olingan ma’lumotlarni tahlil etishi;

  • kurs ishini aniq tushunarli so‘zlardan foydalangan holda yozishi;

Kurs ishini rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish.


Kurs ishi A-4 formatli qog‘ozning bir tomoniga yoziladi. Qog‘ozning chap tomonidan 30 mm, o‘ng tomonidan 20 mm. va pastdan 25 mm. bo‘sh joy qoldirib 1,5 interval orasida yoziladi.
Kurs ishini bosh varag‘idan boshlab, barcha sahifalar arab raqami bilan tartib raqam qo‘yiladi.
Kurs ishininig barcha tarkibiy qismlari ya’ni kirish, birinchi, ikkinchi, uchinchi masalalar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati yangi sahifadan boshlanadi.
Jadvallarning yuqori qismi o‘ng burchagiga tartib raqami qo‘yilib, so‘ng nomi yoziladi. Oxirgi qismiga olingan manba ko‘rsatib qo‘yilishi shart.
Rasm, chizma va turli diagrammalar nomi pastki qismiga yoziladi va belgilangan tartibda nomerlanadi.
Har qanday jadval, rasm, chizma va diagrammalarga sharh berilishi shart.
Eslatma: Masalani yakuni jadval, rasm, chizma va diagrammalar bilan tugallanmaydi.
Kurs ishida ilova materiallari keltirilishi mumkin, majburiy va shart emas.
Adabiyotlar ro‘yxati quyidagi tartibga keltirilishi shart:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari.

  3. O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining qarorlari.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, nutqlari, asarlari.

Shundan so‘ng tegishli adabiyotlar muallif familiyasi bosh harfi bo‘yicha alifbo tartibda yoziladi, so‘ngra maktab ma’lumotlari, ommaviy axborot vositalari va internet ma’lumotlari yoziladi.
Kurs ishi mazmuniga ko‘ra alohida tanlangan aniq bir mavzuni nazariy asosini yoritadi, mavzu aniq korxona (tashkilot) misolida o‘rganadi, uning kelgusidagi istiqbollarini ifoda etadi.
Kurs ishini nazariy asosini yoritishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident qaror va farmonlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga asoslanishi, tanlangan mavzu bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan pedagog olimlarning mehnatlaridan foydalanishi kerak.
Amaliy ahamiyatini boyitishda maktablarning ish tajribalariga tayangan ma’lumotlariga tayanishi zarur.
Mamlakatimizda olib borilayotgan strategik maqsadlar doirasidan kelib chiqqan holda, kelgusida tarbiyaviy ishlar samaradorligini yuksaltirishni ta’minlovchi aniq tavsiyalarni ko‘rsatib berishi zarur.
Kurs ishining bosh varag‘i ilovada keltirilgan tartibda rasmiylashtiriladi.

Yüklə 186,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin