Tadqiqot maqsadi: odobnoma darslarida insonparvarlik tushunchalarini shakllantirishning shakl va metodlarini ishlab chiqish va ilmiy -amaliy tavsiyalar berish.
Tadqiqot obyekti: Odobnoma darslarida o’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Odobnoma darslarida o’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash shakl va metodlari.
Tadqiqot vazifalari: 1. Odobnoma darslarida o’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashni pedagogik muammo sifatida asoslash.
2. Odobnoma darslarida o’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashning psixologik jihatlarini aniqlash.
3. Odobnoma darslarida o’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash mazmunini ishlab chiqish.
4. Odobnoma darslarida o’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash shakl, metod va vositalarini pedagogik asoslash .
5. Odobnoma darslarida o’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash pedagogik sifat va samaradoligini aniqlash.
6. Mavzuga doir ilmiy pedagogik va metodik tavsiyalar, ko’rsatmalar ishlab chiqish
Tadqiqot metodlari: ilmiy-metodik manbalarni tahlil qilish, ilg’or pedagogik tajribalarni o`rganish va umumlashtirish, anketa, test, mashq, pedagogik tajriba natijalarini matematik-statistik tahlil qilish.
Tadqiqotning metodologik asoslari: O`zbekiston Respublikasi boshqaruv organlarining me`yoriy hujjatlari, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta`lim to`grisida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
Kurs ishining ilmiy yangiligi:
Odobnoma darslarida o’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash shakl, metod yaratish dolzarb pedagogik muammo ekanligi asoslab berildi.