9
1.2
|
Tarixiy shaxslar va ularning faoliyati bilan bog’liq maqolalar tahlili
|
22
|
II Bob Tarixiy yodgorliklar hamda etnografik masalalaring “Buxoro mavjlari” jurnalida yoritilishi
|
|
2.1
|
Buxoro vohasidagi tarixiy yodgorliklarning tadqiq etilishi masalalarining jurnal sahifalarida yoritilishi………………….............
|
34
|
2.2
|
“Buxoro mavjlari” jurnali sahifalarida etnografik masalalari oid maqolalar tahlili ………………………… ………………………….
|
44
|
|
Xulosa………………………………………………………………….
|
59
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………….
|
62
|
|
Ilova……………………………………………………………………
|
66
|
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida milliy o’zligimizni chuqur anglash barobarida ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ma’naviy merosdan milliy va umuminsoniy qadriyatlardan chinakamiga bahramand bo’lish imkoniyatiga ega bo’ldik. Shubhasiz, bunday ma’naviy birdamlik eng avvalo mustaqillik tufayli ommaviy axborot vositalariga nisbatan jamiyatda yangicha munosabatning vujudga kelganligi bilan bog’liq. Bugungi yosh avlodni yurtga sodiq farzand bo’lib tarbiyalashda ota-bobolar xotirasiga hurmat ruhida ulg’aytirishda vatan tarixining o’rni beqiyosdir. Istiqlol davrida O’zbekiston tarixini o’rganish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi va haqqoniy tarixni birlamchi manbalar asosida yaratish, uni xolisona tadqiq etish asosida tarixiy haqiqatni tiklash vazifasi qo’yildi. Shu o’rinda xalqimizning ma’naviy merosini xolis, teran va izchil yoritishda targ’ibot-u tashvqot qilishda O’zbekistonda chop etilayotgan yetakchi jurnallar alohida jonbozlik ko’rsatayotganligini alohida ta’kidlab o’tishimiz joizdir. Jumladan, “Moziydan sado”, “O’zbekistonda ijtimoiy fanlar”, “O’zbekiston arxeologiyasi”, “Tafakkur”, “Imom al-Buxoriy saboqlari”, “Buxoro mavjlari” kabi jurnallarda mamlakatimiz tarixi va an’analarini milliy va umuminsoniy qadriyatlarini va ma’naviy merosimizni o’rganishda, tahlil qilishda va uni xalqqa yetkazishda juda katta ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov xalqimizning katta ma’naviy me’rosga ega ekanligiga alohida ta’kidlaganidek: “Modomiki, o`z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo`lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur”1. Mustaqillik sharofati bilan xalqimizning manaviy ongi yuksalib, o`z o`tmishi va tarixiy xotirasiga bo`lgan qiziqish ortib, davriy matbuot ya`ni gazeta va jurnallarga bo`lgan ehtiyoj kun sayin ortib bordi. Shu asnoda, yuqorida nomlari keltirilgan jurnallar qatorida “Buxoro mavjlari” jurnali ham mustaqilligimizning 11 yillik munosabati bilan nashr eta boshlandi. Jurnal 2002 yilda bir marta, 2004 yildan doimiy tarzda chiqmoqda. Jurnalining shu nom berilishini tahrir hay`ati quyidagicha izohlaydi “Buxoro - sharq gavhari, dini islomning qubbat-ul mahzani. Unga “Sharif” degan unvon bekorga berilmagan. U ma’rifat va manaviyat , tariqat va ilmi urfon sarchashmasi aziz avliyolar va anbiyolarga ona beshik bo`lgan muqaddas yurt. Shu boisdan uning bag`ridan ilohiy nurlar Mavjlanib turadi. Buxoro – jahon madaniyati tarixida o`chmas iz qoldirgan yuzlab ulug` zotlarni dunyoga keltirgan muborak maskan.Ushbu siymolar yaratgan asarlar jahon manaviyati xazinasini boyitib, to hanuz yuraklarni Mavjlantirib kelayotir. Buxoro bugungi o`zbek adabiyoti, san`ati, me`morchilik taraqqiyotiga munosib ulush qo`shayotgan talantli shoirlar , yozuvchilar, san`atkorlar, muxtasar aytganda, o`z sozi, ovoziga uslubiga ega bo`lgan istedodlar yurti. Ularning tiniq ko`ngil Mavjlari jilolanib, to`lqinlarga aylanib, ona-vatanimizni sharaflarga burkayotir.Jurnal tahriryati mana shu mavjlarni xalqqa tanishtirib borishga bel bog`ladi. Maqsadimiz mustaqil mamlakatimiz kishilari dunyoqarashi, ma`naviyatini Istiqlol mafkurasi asosida yuksaltirishga xizmat qilmodir” kabi betakror ta`rifni beradi. Buxoro mavjlari jurnalining muharriri O`zbekiston yozuvchilar uyushmasining Buxoro viloyat bo`limi a`zosi, taniqli shoir Toshpo`lat Ahmad, mas`ul kotib esa mazkur uyushmaning yana bir a`zosi Shodmon Sulaymondir.
„Buxoro mavjlari” jurnalining shiori sifatida Abdurauf Fitratning „Erk - saodat, Erk – vijdon” degan ibratli so`zlari olingan. Jurnalining 2002 yildan 2015 yilga qadar chiqqan sonlarida O’zbekiston tarixiga oid uch yuzdan ortiq maqolalar joy olgan bo’lib ularda vatanimiz tarixining turli davrlari va turli mavzulardagi dolzarb va bugungi kunda kam o’rganilgan jihatlari yoritib o’tilgan. Ushbu maqolalarni umumlashtirish va ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish bugungi kunning dolzarb muammosi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |