Bitiruv malakaviy ishining davriy chegarasi. Bu o’z navbatida jurnal chop etila boshlagandan boshlab ya’ni 2002-yildan boshlab 2015-yilgacha bo’lgan vaqtni qamrab olgan.
Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Ushbu jurnalning vatanimiz tarixining serqirra jihatlarini yoritishdagi o’rnini ko’rsatib berishdan iboratdir. Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda bitiruv malakaviy ishimizda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishni joiz deb topdik. Hamda ushbu jihatlarni yoritish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi.
Jurnal sahifalarida manbashunoslik yo’nalishida chop etilgan maqolalarni tadqiq etish;
Tarixiy shaxslar va ularning faoliyati bilan bog’liq maqolalar tahlili qilish;
Jurnal sahifalarida Buxoro vohasidagi tarixiy yodgorliklarning tadqiq etilishi masalalarining yoritilishiga bag’ishlangan izlanishlarni o’rganish;
“Buxoro mavjlari” jurnali sahifalarida etnografik masalalari o’z ichiga olgan tadqiqotlarni tahlil etish.