Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


II Bob. Tarixiy yodgorliklar hamda etnografik masalalaring “Buxoro mavjlari” jurnalida yoritilishi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə7/13
tarix02.02.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#114133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
II Bob. Tarixiy yodgorliklar hamda etnografik masalalaring “Buxoro mavjlari” jurnalida yoritilishi

2.1 Jurnal sahifalarida Buxoro vohasidagi tarixiy yodgorliklarning tadqiq etilishi masalalarining yoritilishi

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek “Bugun ham zamin uzra salobat ko`tarib turgan me`morchilik obidalari masjidu madrasalar savdo va hunarmandchilik timlari, shifoxonalar va xonaqohlar, hovuzlar, maydonlar Buxoro boshidan kechirgan buyuk tarixning guvohidir”.

Ha, darhaqiqat g`oyat sermazmunli va o`zining tarixiy haqiqatiga ega bu so`zlari hech bir tarixchi olimning Ko`hna Buxoro tarixi bilan tanishish hissini uyg`otmay qo`ymaydi. Zero, biz ham Sharif shahar bo`lmish Buxoroyi sharifni tadqiq qilgan tarixchi olimlarimizning o`lkamiz xususan, “Buxoro mavjlar” jurnali sahifalari Buxoro tarixiga oid maqolalarini tadqiq etishga jazm etdik. Jurnal sahifalaridagi maqolalarni tadqiq etish jarayonida ko`hna va qadimiy Buxoroning tarixiy obidalarini ( xonaqohlar, masjidlar, karvonsaroylar, guzarlar, madrasalar va saroylar) o`rganilishi bilan bog’liq ilmiy izlanishlar olib borilganligini ko’rishimiz mumkin. Shu jumladan D.Bahromov55 I.Muhsimov, M.Muhsimova56, O.Sirojov57J.Rahmatov, E.Qobilov58,, H.To’rayev59 va T.Halimov60 Q.Jumayev61 kabi tadqiqotchilarning maqolalari ushbu yo’nalishdagi izlanishlardir

Buxoroning qon tomiri bo`lib kelgan qadimiy hovuzlarni talqin qilishga belbog`lagan tadqiqotchilarimizdan biri Davron Bahronovdir. Muallif hovuzlarga ta`rif berar ekan quyidagilarni bildirib o’tadi: “Buxoro hovuzsozligida alohida o`rin olgan mashhur usta Majid Qurbonovdir, deydi: ko`pgina keksalar-hovuz dil tortar bo`lishi uchun usta unga butun mehrini berib ishlagan. Hovuzni begona o`t bosmasin deb uning sathiga kigiz, so`nguning ustiga qora ohak sepilgan. Atrofi marmar yoki yo`nilgan toshlar bilan bezalib, zinalar hosil qilingan. Bu zinalarning mustahkam bo`lishi uchun toshlarning orasida tutcho`plar qo`yilgan. Maxsus ishlov berilgan bu tut yog`ochlar toshlarni siljishdan saqlashda bog`lag`ich vazifasini o`tagan.Usta Majid Qurbonov shu usulda Buxoroning qadimiy guzarlarida 18 ta hovuzni barpo etgan.Bir necha hovuzlarni ta`mirlashda ham usta oldida tushadigan kam bo`lgan”62.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu maqola asosan logografik ya`ni suhbatlar natijasida olingan ma`lumotlarga tayanadi va tarixchi yoshlarga hovuzlar qurilishi tarixiga oid dastlabki tushuncha bo`lib xizmat qiladi. Ko`hna Buxoroning ajralmas qismi hisoblangan hovuzlarni Ismat Muhsinov va Mehriniso Muhsinovalar ham o`rganishgan bo`lib, ular huvuzlarni kelib chiqishi, ularning soni va keyingi holati haqida o`z maqolalariga yoritishga harakat qilganlar63.

Mazkur tadqiqotchilar Buxoro shahrining suv bilan taminlovchi asosiy arig`i Shohrud (qadimgi Zarirud)ning shahar aholisi uchun zarur gidroinshoot ekanligini qayd etib o’tganlar Jumladan, “Shohrud arig’idan 10 ta katta ariq suv olgan va Buxorodagi 104 ta hovuzni suv bilan taminlagan. Bu hovuzlar qurilishi uchun yer ostidan kanal o`tqazilib , hovuz lar chuqurligi ko`cha qismidan 8-10 metr pastroq qilib qazilgan. Afsuski XIXasr oxiri - XXasr boshlarida yerlar o`zlashtirilib, Shohrud arig`ining Buxorogacha yetib kelolmaganligi sababali hovuzlarni suv bilan taminlash qiyinlashgan, natijada suv eskirib turli rishta malariya, terlama, ichak kabi kasaliklar avj olgandan so`ng, hovuzlar ko`mila boshlangan. Bizgacha 104 hovuzdan faqatgina 7 tasi yetib kelgan. Bular Devonbegi, Xo`ja Zayniddin, Bolohovuz, Hazrati Imom, Ismoil Somoniy, Havzi Nav, Piri Dastgirlar xususida ma’lumot berib o’tganlar.

Buxorodagi qadimiy hammomlarni, o`rgangan olim To`ra Halimov bo`lib, bu tadqiqotchi Buxoroning qadimiy hammomlarni quyidagicha ta`riflaydilar: “Buxoroni qadimgi hammomlarni ichki qismi avvalo yechinish va dam olish xonalari bilan boshlanadi. Undan so`ng tor yo`lak orqali o`tiladigan poysho`yxona (oyoq yuviladigan xona ) hisoblanadi. Poysho`yxonadan gumbazli Miyonsaroy (o`rta saroy ) deb atalgan zalga o`tilgan. Bu yerda garmxona (issiq suv bilan yuvinish xonasi), xunukxona (sovuq suv bilan yuvinish xonasi) va toat ibodat amallari ado etish uchun mo`ljallangan Mehrob ham bo`lgan. Mazkur zalda yuvinish va toat-ibodatdan tashqari, uqalash muolajasi ham o`tkazilgan. Mijozlarni issiq va sovuq suvda cho`milishi uchun maxsus so`fi ham bilan u Miyon so`fi deb atalgan. Hammomlar kecha-kunduz faolyat ko`rsatgan, kechasi hammom ichkarisini yoritish uchun fonuslardan foydalanilgan. Kunduzi esa hammomlar yuqorisidagi maxsus tuynuklardan yorug`lik tushgan”64 Ushbu maqola orqali biz qadimgi hammomlar qanday faolyati yuritganligi xususida atroflicha m’alumot olishimiz mumkin.

Buxoro darvozalari va ularning shahar arxiterturasidagi ahamiyati masalasi bilan bog’liq izlanishlar jurnal sahiflarida chop etib borilgan. Jurnalning Meros rukni ostida san`atshunoslik fanlar nomzodi Q.Jumayevning Buxoroning darvozalari to`g`risida maqolasi bining yorqin misolidir65.

Muallif shahar darvozalari xususida to’xtalib quyidagilarni bayon etadi: “ IX- asr boshlariga kelib to`rtburchak shaklga ega 30-35 gektar keladigan yagona Buxoro tashkil topadi, ya`ni qadimiy uchta tepalik ustida qurilgan Navmichkat, Farobdiz, Buxoro qishloqlari qo`shiladi va mustahkam qal`a devoriga va 7 ta darvozaga ega bo`ladi. Shaharning g`arb tomoniga 4 ta darvoza bo`lib, ular Darvozai Bani Sad, Darvozai Bani Asad, Darvozai Ko`handiz va Darvozai Ohan (Temir darvoza)deb nomlangan. Bu darvozalar Ark qo`rg`onining Darvozai Go`rayon darvozasiga qaragan. Shimolda Darvozai Haqrah (Xufra darvozasi ), sharqda Darvozai Nur yoki Nav, janubda Darvozai Attaron qurilgan. Shahar himoya inshooti qanchalik mustahkam bo`lmasin, tinimsiz hujumlar va o`zaro urushlar natijasida , bir necha bor vayron qilingan. Shayboniylar davrida kelib, xususan Abulfayzxon (1509-1549) va Abdullaxon II (1557-1598) davrida shahar atrofida mustahkam istehkomlarga ega qal`a inshooti tiklanib 11 ta darvoza quriladi”. Shaharning shimol tomonida Samarqand va Hazrati Imom darvozalari, sharq tomonda Mozor va Qavola(Qarshi) darvozalari, g`arb tomonda Qorako`l, Shergiron, Talipoch va O`g`lon darvozalari. Janubda esa Sallaxona, Shayx Jalol va Namozgoh darvozalari qurilganli to’g’ridagi ma’lutlar ham maqolada o’rin egallagan. Ushbu maqola darvozalarning qurilish sabablari va davri xususida haqqoniy ma`lumotlarni keltirib o`tgan deb ayta olamiz.

Buxoro sharidagi darvozalar xususan Shayx Jalol darvozasi to`g`risida tarix fanlar doktori H.Tо`rayev ham maqolasi ham mavjud. Olim Shayx Jalol darvozasi xususida quyidagilarni bildiradi:” Xalq orasida tasavvuf olimi va amaliyotchi sifati tanilgan Shayx Jalol, shayboniy Abdulazizxon (1539-1549) e`tiborini qozonib, uning ma`naviy ustoziga aylanadi. Xon tarafidan ko`p iltifot va muruvvat ko`radi”66. Muallif etnograf O.A.Suxareva Shayx Jalol ashtarxoniy Abdulazizxonning (1645-1680) piri bo`lgan deb hisoblab, chalkashlikka yo`l qo`ygan ta’kidlab, XVI asrda shayboniy Ubaydullaxon(1533-1539), Abdullaxon II (1557-1598) davrida qurilgan darvozalar nomi hozirgacha saqlanib qolgan, degan ma`lumotlarni aytib o`tadi. Shuningdek san`atshunos olim Q.Jumayevning darvozalar qurilishida xususan, Abulfayzxon (1509-1549) va Abdullaxon II(1557-1589) davrida 11 ta darvoza qurilgan, deb ko`rsatgan xronologiyasida, ushbu maqolaga tayanib, xatoliklarga yo`l qo`ygan deyishi mumkin.

Markaziy Osiyoda qadimdan Buyuk ipak yo`lida joylashgan shaharlarda, yirik aholi punktlarda savdogarlar, sayyohlar, elchilar va mehmonlar qo`nim topib, dam olishi uchun maxsus joylar qurilgan. Bu joylar sharqda karvonsaroylar deb nomlanib, ular o`ziga xos savdo majmui hisoblangan. Ular sayyoh, elchi va savdogarlar uchun vaqtinchalik yashash maskani bo`lsa, shu yashovchi aholi uchun tirikchilik manbai hisoblangan. Zero karvonsaroylar istiqomatgoh balki o`ziga xos savdo majmualari ham edi. Ushbu masaga oid izlanishlar Ochil Sirojov tarixdan bilmaganmiz67 rukni asosida Buxoro karvonsaroylari nomli maqolalari bilan ishtirok etgan. Maqolalarida karvonsaroylar haqida: “O`tmishda qulay joy yo`nalishda har tomonlama sharoitlarga ega karvonsaroylar qurishda Buxoro ahli jonbozlik ko`rsatgan. Buxoro karvonsaroylarning qurilishi oddiy bo`lib, juda kam hollarda ikki qavatli binolardan iborat bo`lgan. Ammo barcha karvonsaroylar atrofi devor bilan o`rab olingan. Savdogarlar o`z yuklari va ot-ulovlarini shu yerda saqlaganlar . XIX asr boshlarda Buxorodagi jami karvonsaroylar soni 70 dan ortiq bo`lgan. Bular: Jannat Makon Domlosher, Hakim Oyim Xo`jakalon, Qo`shbegi yoki Qozikalon, Mirzogul karvonsaroyi kabilar va bundan tashqari qishloq xo`jalik mahsulotlari bilan savdo qiladigan 11 ta karvonsaroylar bo`lgan”68. Jumladan, Mayiz, G`alla, Anor, Zig`ir, Jun, G`o`za, Sabzi, G`o`lin (o`rik qoqi), Tarosha (o`tin), Guruch karvonsaroylari haqida qiziqarli ma`lumotlarni yozib qoldirganlar.

Buxorodagi ilm maskanlardab biri hisoblangan Ulug`bek madrasasi tarixiga doir izlanishlar orasida Jamshid Rahmatov va Erkin Qobilovlarning izlanishlarini misol keltirish mumkin. Ushbu tadqiqotchilar Buxorodagi Ulug`bek madrasasini qurilish texnikasi tog’risida quyidagilarni keltirib o`tadilar: “1417 yilda bunyod etila boshlangan inshoot qurilishida eng yaxshi me`mor usta Toxir o`g`li Ismoil rahbarlik qilgan. Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra deydi mualliflar69 Mirzo Ulug`bek 1419 yilning kuzida Buxoroga tashrif buyurib, madrasani ochilish marosimiga qatnashgan. Dastlabki mashg`ulotlarga qatnashib, talabalarga xayriya ulashgan va Ulug`bek madrasasini tamirlash bosqichiga quyidagicha urg`u beradi: 1586 yilda qayta tamirlangan va madrasaning koshin belgilari uch davrga oiddir. 1) Qo`ng`ir ko`k va tillarang fonga ishlangan oq va havorang bezaklar Ulug`bek davriga oid; 2) Ba`zi joylarda nimrang oq va moviy rang va yana ba`zi joylari tiniq yorqin bezaklar XVI –asrga ta`luqli; 3) Qora fonga ishlangan havorang guldor qadama naqsh XVII- asrga ta`luqlidir, deb qurilishi bilan bir qatorda rangdor farqlarni alohida ko`rsatib o`tgan desak mobolag`a bo`lmaydi.

Minorasi bor yurtning qaddi hamisha baland bo`lur deganlaridek jurnal sahifasida minoralar tarixi xususan, Minorai Kalon va Vobkent minorasi haqida I.Muhsinov, M.Muhsinovalarning tadqiqotlari mavjud. Ular bu ikki minoraning o`zaro farqlarni ochib berishga harakat qilganlar. “Minorai Kalon 1127-yilda Qoraxoniy Arslonxon farmoniga ko`ra , Usta Baqo tomidan qurilgan. Minoraning poydevori 11,5 metr, balanligi 47,5 metr , diametri 9 metr ga teng. Minorai Kalonning o`rtasida juda katta va qalin ustun bo`lib, yuqori qismida 16 ta bir-biriga qarama-qarshi fonuslar yasalgan. Fonuslarning ustiki qismi 4 qator muqarnas bilan jilo berilib, 1 qator dandona bilan tugatilgan. Birinchi qavat fonus ustiga ikkinchi qavat fonuslar asosi turibdi. Usta ikkinchi qavat fonus qurish niyatida bo`lgan, biroq so`ng negadir qisqartirib, bir yarusli fonus bilan tugatilgan. Fonusning shifti jimjimador shitrix terakotdan yasalgan, bir-biriga juft qilib gulli shift bitilgan. O`tgan asrlar moboynida ko`pgina koshinlari tushib ketgan bo`lib, 1925-yildagi tamirlash davrida qolgan koshin yozuvlar Samarqand muzeyiga olib ketilgan. Ammo bitikning tarjimasi yo`q. Minoraga Masjidi Kalon yonidagi katta arka orqali kiriladi va minora ichidagi katta ustun atrofidagi aylanma shaklda qurilgan, har biri 50 santimetrli, 105 ta pillapoya orqali ko`tarilasiz”70 . Mualliflarning ta’kidlashlaricha minoraning hamma qismlarining mashtabi juda aniq o`lchovli, konstiruktiv tarzda o`ylangan. Oddiy g`ishtdan esa turli zeb-ziynatlardek bezatilgan.

Maqolada ulug`vor minoralardan sanalgan Vobkent minorasi haqida ham so’z borib jumladan. “1196-1198 – yillarda Sadr Burxoniddin Abdulazizxon II tomonidan qurdirilgan. Minoraning asosi 12 qirrali pishiq g`ishdan mavjli qilib terilgan , quyi qismining diametri 6 metr 60 santimetr bo`lsa, yuqori ya`ni gardani 2 metr 81 santimetr tashkil etadi. Vobkent minorasinig umumiy balandligi 37 metr 7 santimetr bo`lib, Buxorodagi Minorai Kalondan 8 metr 8 santimetrga pastroqdir. Minoraning o`zagi ham, bezagi ham to`rtburchak g`isht (27x27x4-5 smli ) va ganch loyidan qurilgan.Qir loyidan ham foydalanilgan. Bezaklar o`rniga qarab turli qafasa ko`shk shaklida, devor sirtlari yuzasi esa silliq g`isht bilan pardozlangan. Minoraning poydevori esa juda mustahkam bo`lib, tosh va maxsus qir qorishmasi bilan terilgan.Ustma-ust joylashgan bejirim bezaklari, 8 qator halqalar, g`ishtin dandonalar bilan mustahkamlangan, har bir halqa turli xil geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Muqarnas ostidagi bir halqa sirkor parchin, gul mahorat bilan ishlangan”71.

Ushbu tadqiqot Minorai Kalonning me`mori Usta Baqoning shogirdlari Vobkent minorasini qurganligi shu uchun ular qurilish jihatidan o`xshash jihatlarfga ega ekanligi xususida xulosaga ega. Mazkur maqola aniqliligi va manbaviy ahamiyatga egaligi bilan ajratilb turadi.

Buxoro hukmdorlari va ular tomonidan qurdirilgan inshootlar tarixi masalalari ham tadqiqotchilar etiboridan chetda qolmagan. Buxoro amirligining Sitorai Mohi Xosa saroyi haqida san`atshunos olim Q.Jumayevmazkur jurnalning Buyuklik timsollari rukni o’z maqolalarini yozganlar72

Olim jannat bog`i hisoblangan Sitorai Mohi-Xossani quyidagicha tavsiflab o`tganlar. XIX asrda bino etilgan Sitorai Mohi Xossa Buxoroning so`nggi hukumdorlari mang`itlar sulolasidan bo`lgan Amir Nasrulloxon(1825-1860), Amir Muzaffarxon (1860-1885), Amir Abdulahadxon (1885-1910) hamda Amir Sayyid Olimxon (1911-1920) davrida qurilgan yozgi saroy hisoblanadi. Mazkur saroyning kiraverishdagi ikkinchi darvozasi peshtoqiga qarasangiz, quyidagi she`riy baytlarga ko`zingiz tushadi: Shud ba farmoni Humoyun amir al-mo`minin, Tarixi ta`mir muayyai muborak in chunin Ki buvad dar asri iqlimi falak an guna tarh Har ki didun ,guft salamno,hazoron ofarin Yustam az memori shirin soli Tarxash beguft To bano-i qasri oiliy jannati ro`yi zamin!

Saroy shoiri Anbariyning ushbu baytlari mantiqidan “ Yulduzlar va Oy orasidagi saroy yerdagi jannatdir “ degan so`zlaridan mazmunidan maqola boshida ta`kidlab o`tgan so`zlarimizning isboti desak, mubolag`a bo`lmaydi. Maqola saroyning har bir yerida hikmat borligidan dalolat beradi va saroy, zamonasining jannati misolida bo`lganligini izohlaydi.

Manbalar so`zlaganda rukni ostida “Buxoro hukumdorlarning tashqi saroylari” haqida maqola yozgan hamda ushbu mavzuga oid qimmatli malumotlarni taqdim etgan H.To`rayev izlanishlari ham ahamiyatlidir. Olim “XVI asrda Buxoro o`rta asr yirik shaharlariga xos barcha infratuzilmaga ega edi. Bu davrda mamlakat Arkdan turib boshqarildi. Shahardagi issiq havo tabiiy biqiqlik shayboniy sultonlarida shahardan tashqarida ham saroylar barpo etish ehtiyojini uyg`otgan bo`lsa-da sulola hukumronligi davrida bu narsa amalga oshmadi. Ashtarxoniy esa aynan shu narsaga etibor berishgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, shu sulola davrida shahar atrofida, asosan mudofaa devoriga yaqin masofada ikkita tashqi saroy, qarorgoh barpo etildi. Xonobod va Piri Marza saroylari. Saroylar aniq reja asosida joining tabiiy geografik holati, iqlimni hisobga olgan holda , xushhavo, sersuv mavzelarda qurilgan. Ashtarxoniy Ubaydullaxon (1702-1711) farmoni bilan Buxoro shahrining g`arb tomonida Tallipoch darvozasi yaqinida 1709-yilda barpo etilgan Xonobod bog`i va saroyini qurishda yuqoridgi holatlarning barchasi hisobga olingan. Kvadrat shakldagi bog` olti uch qirrali maysazorlarga bo`linib, bog` o`rtasida baland ko`shk (saroy) barpo etildi. Saroy qurilishida Balx va Movarounahrning turli viloyatlaridan ustalar jalb qilinib, uch oy ichida qurilish poyoniga yetadi”73 Muallif mang`it amirlari ham ushbu an`anani davom ettirib, shahar tashqarisida saroylar barpo etgani tog’risida quyidagilarni ta’kidlaydi: “Amir Nasrulloxon (1826-1860) Buxoro yaqinidagi O`g`lon darvozasi oldida Chorbog`xossa nomli tashqi saroyi bo`lgan. Amir Abdulahadxonning (1885-1911) Karmadagi saroyi boshqa mang`it amirlarining tashqi saroylaridan (Sitorai Mohi-Xossa saroyi istisno qilganda) o`z siyosiy ahamiyati bilan farq qilardi. Unda davlatning ichki va tashqi siyosatiga oid masalalar ko`rib chiqilgan. Har kunlik pochta,rasmiy ma`lumotlar tahlil qilingan, farmon loyihalari tayyorlangan. Bir so`z bilan aytganda amirlikning butun hayoti Karmana nazorati ostida bo`lgan.”74. Usbu ma’lumotlar Buxoro hukmdorlarining jamoat va davlat ahamiyatiga molik inshootlarni qurishga alohida e’tibor bilan yondashganliklarini ko’rishimiz mumkin.

Shuni alohida ta’kidlash mumkinkinki “Buxoro mavjlari” jurnali sahifalarida tarixiy yodgorliklar- masjid, madrasalar, saroylar, xonaqohlar ularning qurilishi va ahamiyati xususida bir qator maqolalar chop etilgan. Ushbu maqolalarni o’rganib quyidagi jadvalda taqdim etishni joiz deb bildik.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin