BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
MA’LUMOTNOMA
Raximov Farrux Boltayevichga 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Chaqiriqqacha harbiy ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini berish haqida.
Attestatsiya ishi tartib raqami ____________
TAQDIMNOMA
2012 yil 2 sentabrdan Buxoro davlat universiteti harbiy fakulteti Maxsus tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi lavozimiga tayinlangan.
2018 yil 3 sentabrdan Mudofaa vazirligi harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘ining 2018 yil 22 yanvardagi 10/222 sonli farmoyishiga asosan Buxoro davlat universiteti harbiy fakulteti Maxsus tayyorgarlik sikli katta o‘qituvchisi lavozimiga tayinlangan.
Buxoro davlat universiteti Kengashining 2021 yil 6 oktyabrdagi 2-yig‘ilishida tanlov asosida chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti dotsenti lavozimiga saylandi hamda rektorning buyrug‘i bilan chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti dotsenti lavozimiga tasdiqlandi. (B.№1338-01-sh 06.10.2021 y).
Taqdimnoma 202__ yil __ martda ko‘rib chiqilganda Buxoro davlat universitetining ___ kishidan iborat kengash yig‘ilishda ishtirok etgan __ nafar kengash a’zolari ovoz berishdi. __ "rozi", "qarshi" va betaraflar yo‘q (202__ yil __ martdagi navbatdan tashqari __-yig‘ilish bayonnomasining ______- qarori)
II. TAQDIM ETILAYOTGAN SHAXS HAQIDA ASOSIY
MA’LUMOTLAR
Raximov Farrux Boltaevich 1987 yil Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Navbahor QFY da tug‘ilgan, millati - o‘zbek.
2012 yilda Buxoro davlat universitetining Chaqiriqqacha harbiy ta’lim mutaxasisligini tugatgan (M № 064735).
2019 yil 1-martdan 30 aprelgacha TDPU huzuridagi PK QT va ularning MO tarmoq markazida malaka oshirgan (Diplom MA №022111).
Dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazilmagan.
Raximov Farrux Boltaevichning umumiy ish staji 10 yil, pedagogik ish staji 10 yil, Buxoro davlat universitetida pedagogik ish staji 10 yil, asosiy shtatda.
2006-2010 yy. – Buxoro davlat universiteti talabasi
2010-2012 yy. - Buxoro davlat universiteti magstranti
2012-2018 yy.- Buxoro davlat universiteti harbiy kafedrasi o‘qituvchisi
2018-2021yy.- Buxoro davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti maxsus tayyorgarlik sikli katta o‘qituvchisi
2021 y. - h.v.-Buxoro davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti dotsenti (06.10.2021 y.dan mazkur fakultet dotsenti)
5. Ilmiy unvonga talabgor F.B. Raximov Harbiy ta’lim fakultetidagi 5111500–Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishlarining 1-2-3 va 4-bosqichlarida quyidagi fanlardan zamonaviy o‘qitish usullaridan hamda multimediya ta’lim resurslaridan foydalangan holda ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarni olib boradi:
Dotsent ilmiy unvoniga talabgor F.B. Raximovga 1 hissa 2021-2022 o‘quv uchun jami 1187 soat taqsimlangan. SHundan, 202 soat ma’ruza, 166 soat amaliy mashg‘ulot, 200 soat seminar, 80 soat yarim guruh mashg‘ulotlari hamda malakaviy amaliyotga rahbarlik 168 soat, pedagogik amaliyotga rahbarlik 168 soat, kurs ishi uchun 40 soat, reyting nazorati uchun 138 soat va DAK 25 soat etib belgilangan.
2021-2022 o‘quv yilining yillikdagi o‘quv yuklamasi:
a) bakalavriatning Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishidagi 1-kurs talabalariga:
- “Harbiy tarix” fani 30 soat ma’ruza, 60 soat seminar, 16 soat nazoratlar;
- “Fuqaro muxofazasi” fani 30 soat ma’ruza, 30 soat seminar, 30 amaliy mashg‘ulot, 16 soat nazoratlar;
- “O‘q otish va uni o‘qitish uslubiyoti” fani 6 soat ma’ruza, 10 soat seminar, 14 amaliy mashg‘ulot, 12 soat nazoratlar;
b) bakalavriatning Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishidagi 2-kurs talabalariga:
- “Amaliy jismoniy tayyorgarlik” fani 30 soat ma’ruza, 30 soat amaliy mashg‘ulot, 21 soat nazoratlar;
- “Ofitser harbiy rahbar etikasi” fani 10 soat ma’ruza, 24 soat seminar, 16 amaliy mashg‘ulot, 21 soat nazoratlar;
v) bakalavriatning Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishidagi 3-kurs talabalariga:
- “Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari” fani 34 soat ma’ruza, 34 soat seminar, 46 soat amaliy mashg‘ulot, 40 soat kurs ishi, 18 soat nazoratlar;
- “O‘q otish va uni o‘qitish uslubiyoti” fani 20 soat ma’ruza, 22 soat seminar, 20 amaliy mashg‘ulot, 80 soat yarim guruh, 18 soat nazoratlar;
g) bakalavriatning Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishidagi 4-kurs talabalariga:
- “Amaliy jismoniy tayyorgarlik va harbiy sport inshootlari” fani 42 soat ma’ruza, 20 soat seminar, 10 soat amaliy mashg‘ulot, 16 soat nazoratlar;
- Malakaviy amaliyot 3-kur talabalari 168 soat;
- Pedagogik amaliyot 4-kur talabalari 168 soat;
- DAK mutaxasislik fanlar 25 soat;.
(ma’lumotnoma № 110 14.02.2022).
Ilmiy unvonga talabgor Raximov Farrux boltaevich “Ma’naviyatchi targ‘ibotchi” sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Mudofaa vazirligi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy, vatanparvarlik va har oyda bir marta o‘tkaziladigan “Ma’naviyat kuni” tadbirlarini o‘z vaktida bajarilishida faol ishtirok etib kelmokda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Mudofaa vazirliklarining 36/23-sonli qo‘shma qarori talablari asosida hamda Mudofaa vazirligining 202-sonli buyrug‘i talablari bo‘yicha dushanba kunini “Yoshlar kuni”, seshanba kuni “Axloqiy-ruhiy tayrgarlik kuni”, chorshanba kuni “Kitobxonlik kuni”, payshanba kunini “Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni”, juma kunini “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” va shanba kunini “Obodonlashtirish kuni” deb e’lon qilinib shu kunlari tadbirlar talab darajasida o‘tkazilib kelinmokda. F.B. Raximov boshchiligida keng ko‘lamli g‘oyaviy-mafkuraviy, siyosiy-xuquqiy, ilmiy-ma’rifiy, axloqiy-estetik, diniy-falsafiy, ekologik-gigienik, demografik-tarixiy xarakterga ega bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 19 mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida ko‘plab tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, “Yoshlarni axborot xurujlaridan himoya qilish”, “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida”, “Mening sevimli adibim”, “A.Navoiy va Z.Bobur kitoblarida” “Kitob-ma’naviyat ko‘zgusi”, “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Biz buyuk allomalar farzandlarimiz”, “Korrupiyaga qarshi kurash”, ”Avlodlarga munosib voris bo‘laylik”, “Giyohvandlikning oldini olish”, “Bizning jamoada jinoyatga o‘rin yo‘q”, ”Tinchlik-eng oliy ne’mat”, ”Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q”, “Sog‘lom turmush madaniyati-kelajak poydevori”, “Oila-muqadda dargoh”, “Jamoada huquqiy madaniyatni yuksaltirish-harbiy xizmatchilar o‘rtasida milliy ruhni shakllantirining garovidir”, ”Yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish”, “Men xizmat qilayotgan diyor”, “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari”, “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, ”Avlodlarga munosib voris bo‘laylik”, “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir qiluvchi giyohvandlikka qarshi kurash”, “Korrupiyaga qarshi barchamiz birga kurashaylik”, mavzularida badiiy-kompozitsion kecha hamda davra suhbatlarini tashkil etish va o‘tkazishni tashkillashtirmoqda. Har yiligi an’anaviy bayramlarda ya’ni: “14-yanvarь Vatan himoyachilari kuni”, “8-mart Xotin-qizlar bayrami kuni”, 21-mart “Navro‘z”, “9-may Xotira va qadrlash kuni”, “1-sentyabr Mustaqillik kuni”, “1-oktyabrь O‘qituvchilar kuni”, “8-dekabrь Konstitutsiya kuni” va 1yangi yil bayramlarida umumta’lim maktablari, litseylar, kollejlar hamda viloyat hokimligi hamkorligida bir qancha tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda. (ma’lumotnoma № 103 14.02.2022)
Ilmiy unvonga talabgor Raximov Farrux Boltevich Janubiy-G‘arbiy Maxsus Harbiy Okrugiga qarashli Buxoro garnizoni harbiy qismlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Buxoro viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi bilan, Chegara qo‘shinlar hamda Qorovullik xizmatlari qo‘shinlari, Buxorodagi harbiy qismlari bilan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jangovar tayyorgarlik va ma’naviy-axloiy tarbiya ishlarini olib borishda har oyda tadbirlar o‘tkazish ishlarini tashkillashtirib kelmoqda. Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kunlarida Buxoro davlat universiteti faollar katta zalida “Axborot soati va murabbiylik soati” tadbirlarini fakultet miqyosida o‘tkazib yoshlarimizni harbiy vatanparvar qilib tarbiyalash bo‘yicha o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Jumladan:
-2021 yil 7-fevral kuni fakultetning 1-bosqich talabalari “Temur tig‘i tegmagan joyni qalam bilan oldi Alisher” mavzusida;
-2021 yil 14-fevral kuni fakultetning 2-bosqich talabalari “Mirzo Bobur – sen, fig‘oning soldi olam uzra o‘t” mavzuda;
-2021 yil 21-fevral kuni fakultetning 3-bosqich talabalari “Jaloliddin Manguberdi mangu bo‘l omon” mavzusida;
-2021 yil 28-fevral kuni fakultetning 4-bosqich talabalari “Sog‘lom turmush tarzi – farovon hayot asosi” mavzusida;
2021 yil 6-mart kuni fakultetning 1-bosqich talabalari “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol” mavzusida kompozitsion badiiy kechalar tashkil etdi. (ma’lumotnoma № 60 14.02.2022)
Buxoro garnizoniga qarashli harbiy qismlariga tashriflar amalga oshirishda o‘zi bosh-qosh bo‘lib turibdi. Buxoro viloyati umumta’lim maktablari bilan besh tashabbus talablari doirasida hamkorlik tadbirlari amalga oshirib kelmoda. Buxoro viloyat Cho‘lquvar hududidagi qo‘riqxona bilan hamkorlik ishlarini amalga oshirib 2020 yil ikki marotaba qo‘riqxonaga sayohatlar tashkillashtirdi.
F.B. Raximov Harbiy ta’lim fakultetida ma’naviy-ma’rifiy hamda o‘quv-tarbiyaviy ishlarning a’lo darajada olib borganligi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2015 yil 21 sentyabrdagi 758-sonli buyrug‘iga asosan 2014/15 va 2015/16 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “ENG ILG‘OR HARBIY KAFEDRA” deb topildi va “Amir Temur” ko‘chma sovrini bilan taqdirlangan. (ma’lumotnoma № 61 14.02.2022).
Raximov Farrux Boltaevich Vatanimizning tinchligini saqlash, xalqimizning osoyishta va farovon hayotini ta’minlashda ko‘rsatgan fidoiligi, xizmat vazifalarini bajarishdagi jonbozligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Mudofaa Vazirining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. (ma’lumotnoma № 59 14.02.2022).
Raximov Farrux Boltaevich O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27-martdagi 233-sonli bo‘yrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat universitetida masofaviy ta’lim jarayonini joriy qilishda ishtiroki va ta’lim yo‘nalishlari va mutaxasislik fanlari bo‘yicha eliktiron o‘quv resurslarini ishlab chiqish hamda masofaviy ta’lim platformasi joylashtirish bo‘yicha malakali mutaxasis sertifikatini olgan va Harbiy ta’lim fakultet o‘qituvchilarga fanlarni moodle platformasiga kirishga rahbarlik qilgan. (ma’lumotnoma № 111 14.02.2022).
Raximov Farrux Boltaevich Buxoro davlat universitetining HEMIS axborot tizimini joriy etishda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish, axborot tizimining axamiyati, axborotlashtirish istiqbollari va kutilyotgan natijalar” mavzusida seminar-trening namunali ishtirokchisi 2021 yil 1-6—mart kunlari O‘quv uslubiy boshqarma tomonidan Buxoro davlat universitetida o‘tkazilgan seminar-trening bo‘yicha malakali mutaxasis sertifikatini olgan va Harbiy ta’lim fakultet o‘qituvchilarga fanlarni HEMIS axborot tizimiga resurslarni joylashtirishga rahbarlik qiladi. (ma’lumotnoma № 112 14.02.2022).
Raximov Farrux Boltaevich fanning dolzarb muammolari bo‘yicha talabalarning bitiruv malakaviy ishlariga, pedagogik amaliyotiga hamda iqtidorli talabalarning ilmiy ishlariga rahbarlik qiladi. (ma’lumotnoma № 58 14.02.2022).
F.B. Raximov bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi 31 nafar talabalarining bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilib kelgan.
Bitiruv malakaviy ishlarga rahbarligi:
Dostları ilə paylaş: |