Buxoro davlat universiteti


IV. KASBIY FAOLIYATINI BAHOLASH MA’LUMOTLARI



Yüklə 54,81 Kb.
səhifə6/6
tarix15.11.2022
ölçüsü54,81 Kb.
#119518
1   2   3   4   5   6
2. 5,4 шакл Raximov 2021 28 июнь... (2)

IV. KASBIY FAOLIYATINI BAHOLASH MA’LUMOTLARI

F.B. Raximov o‘quv-pedagogik faoliyati davomida 5111500-CHaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishida o‘tiladigan mutaxassislik fanlaridan yuqori saviyada ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda. I-II-III va IV bosqichlarida o‘tiladigan dars jarayonlarida “Harbiy tarix”, “Fuqaro muhofazasi”, “Amaliy jismoniy tayyorgarlik”, “O‘q otish va uni o‘qitish uslubiyoti” “Ofitser harbiy rahbar e’tikasi”, “Xalkaro gumanitar huquq” “Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari” fanlaridan dars o‘tish jarayonida “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim” “Tushunchalar tahlili”, “Ven diagrammasi” strategiyasi, “Muammoli vaziyat”, “Kubik”,“Tanqidiy fikrlash”, “Blits o‘yin”, «Blits so‘rov” va boshqa zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, elektron jadvallar, grafik muharrirlar, elektron darsliklar va hozirgi zamon texnik vositalaridan, shuningdek, multimediya ta’lim resurslaridan keng foydalanadi. Barcha fanlardan ma’ruza matnlari, o‘quv-metodik majmualarni to‘lik va puxta tayyorlagan (ma’lumotnoma № 113 14.02.2022).


Jumladan, ilmiy unvonga talabgor F.B. Raximov vazirlikning 2004 yil 26 martdagi 79-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida ochiq ma’ruzalarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining bajarilishi va ochiq lektsiyalar samaradorligini oshirish to‘g‘risida Buxoro davlat universitetining buyrug‘i asosida 2022 yil 26-yanvarda Harbiy ta’lim fakulteti 5111500-chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 13-guruhi talabalariga “Fuqaro muhofazasi” fanidan “Fuqaro muhofazasi va terrorizm” mavzusida ochiq ma’ruza tashkil etdi. Ochiq ma’ruzaga Harbiy ta’lim fakulteti boshlig‘i podpolkovnik A.T.Baboev ijobiy taqriz bergan Harbiy ta’lim fakulteti Maxsus tayyorgarlik tsikli boshlig‘i katta o‘qituvchi leytenant A.M.Uzoqov, Uslubiy tayyorgarlik tsikli katta o‘qituvchisi H.A.Safoev, Uslubiy tayyorgarlik tsikli o‘qituvchilari podpolkovnik U.I.Ma’murov va kapitan O‘.H.Temirovlar, Umumqo‘shin tayyorgarlik tsikli katta o‘qituvchisi podpolkovnik I.R.Xalikovlar kuzatib taklif va tavsiyalar bergan. Ochiq ma’ruza bayonnomasida ta’kidlanishicha, ilmiy unvonga talabgor F.B. Raximov ma’ruza matnini tayyorlashda dushman yoki raqib bilan yakkama-yakka qurolsiz ro‘baro‘ kelib qolganda o‘z-o‘zini himoya qilish, jarohat olmasdan uni ustidan g‘alaba qozonish usul va uslublari, uni qurolsizlantirish va qo‘lga olish yoki yo‘q qilish, qisqa qilib aytganda o‘zini har qanday hodisalardan himoya qilish uslubiyotini o‘rgatish haqida to‘liq ma’lumotlar keltirgan. Yangi darsliklarning hozirgi nashri va uslubiy qo‘llanmalardan prezentatsiya va slaydlardan o‘rinli foydalangan, ma’ruzani ravon nutq bilan bayon etgan, zamonaviy dars oldiga qo‘yilgan talablarni bajargan, darsning ilmiyligini ta’minlagan (26.02.2022 yil № 7-son yig‘ilish bayonnomasi).
Ilmiy unvon talabgori F.B. Raximov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Fanlarni modul tizimi bo‘yicha o‘qitish to‘g‘risidagi 58-sonli buyrug‘i” asosida barcha dars beradigan fanlaridan o‘quv ishchi dastur, ma’ruza matni, o‘quv-usuliy ishlanma, o‘quv-uslubliy majmua hamda modullarni to‘liq va puxta tayyorlagan. F.B. Raximov yetuk olim, o‘zining har soat ma’ruza va tajriba-amaliy mashg‘ulotlarini yuqori saviyada, oliy ta’lim talablari darajasida o‘tadi. U o‘zining ilmiy dunyoqarashini hamda bilim doirasini doimiy kengaytirish uchun tinmay izlanadi. U fakultet dotsenti sifatida fakultetning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarida qatnashib, ularni yaxshilashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Buxoro davlat universiteti Harbiy ta’lim fakulteti dotsenti F.B. Raximov pedagogik faoliyati davomida o‘qitadigan fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun o‘zi chiqargan “Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlikni o‘qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalari” va “Fuqaro muhofazasi” o‘quv qo‘llanmadan hamda o‘zi tayyorlagan uslubiy qo‘llanma “Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari” fanidan darslik yozgan. (ma’lumotnoma № 113 14.02.2022).
BuxDUkengashi raisi Xamidov Obidjon Xafizovich


BuxDU kengashi kotibi Dilova Nargiza Gaybullaevna


Xodimlar bo‘limi boshlig‘i Fayziyeva Umida Asadovna
Yüklə 54,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin