Buxoro davlat universiteti


II B O B Fe’l so’z turkumini va so’z gaplarni o’rgatishda nutq o’stirish



Yüklə 54,7 Kb.
səhifə9/12
tarix31.12.2021
ölçüsü54,7 Kb.
#113292
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Sobirova M(1)

II B O B

Fe’l so’z turkumini va so’z gaplarni o’rgatishda nutq o’stirish

2.1 Fe’l mayllarini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish.

Fe’l mayllari (mayl shakllari) ni o’rgatishni darslik ustida ishlash bilan boshlash mumkin. Bunda o’qituvchi o’quvchilarga mayl shakllari: buyruq-istak mayli, shart mayli va xabar mayliga bo’lib, o’rzu- istakni, shart va xabar ma’nolarini bildirishni aytadi. Shundan so’ng o’qituvchi buyruq istak mayliga doir jadvalni taxtaga ilib buyruq –istak maylidagi fe’llar ish -harakat haqida buyruq, istak, maslahat, iltimos ma’nolarini bildirishi, 1 -2-3- shaxs turli qo’shimchalar bilan hosil bo’lishini, ularning birlik va ko’plikdagi farqini jadval asosida bayon qilinadi.

Buyruq-istak maylini mustahkamlash, o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish maqsadida mustaqil ish o’tkaziladi. Buning uchun ona tili darsligidagi 148-mashdagi foydalanish tavsiya etiladi. O’quvchilar mashqdagi birinchi topshiriqqa asosan nuqtalar o’rniga –ay, -gin, -sin, -aylik, -ing qo’shimchalaridan mosini qo’yib ko’chiradilar. Ish bajarilgach, o’quvchilarga o’qitish orqali tekshiriladi.

Namuna:


1. Men sizga bir voqeani so’zlab beray.

2. Raximjon bu masalani yechsin. Sen esa mana bu misolni ishlagin. O’quvchilar mashqdagi uchinchi topshiriqqa asosan –ay, -gin, -sin, -aylik, -ing qo’shimchalari yordamida bormoq, kelmoq fe’llari tuslaydilar.

Mustaqil ishdan so’ng darslikdagi 152 –mashq ishlanadi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida terma gaplarni navbat bilan o’qiydilar, otkesmlarning buyruq mayli qanday yasalishini izohlaydilar. Mashqdan so’ng ijodiy ish o’tkaziladi. O’qituvchi o’quvchilarga buyruq-istak maylidagi fe’llarni qatnashtirish to’rtta gap yozishni topshiradi. Bu topshiriqni o’quvchilar bajaradilar.

Namuna:


1. Mashg’ulotlarga kechikma. 2. Tirishqoqlik bilan aql. 3. Bilimlarni qunt bilan egalla ijodiy ishdan so’ng kichik bayon o’tkaziladi. Bayon uchun “ Alisher Navoiy” matnidan foydalanish tavsiya etiladi.

Yüklə 54,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin