Buxoro davlat universiteti


O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish



Yüklə 53,38 Kb.
səhifə3/4
tarix23.01.2022
ölçüsü53,38 Kb.
#113882
1   2   3   4
salom

O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga ta`luqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir.      O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. Shu sababli o‘smirlik davri «o‘tish davri», »krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi.

Chunki, bu yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S. Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. Kichik maktab davridan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik yoshini ikki xil davrga — kichik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini ”bola”lardan ajratib, endi o‘zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo‘ladi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristikalari hisoblanadi.

Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin bo‘lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi o‘zining yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydi. O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘prok qiziqtiradi.

O‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, «xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi: katta yoshli odamlar ega bo‘lgan ham­ma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo‘lishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, ko‘rqmas va epchil bo‘lishga inti­ladi. Ana shunday «xohlayman» va «kerak» o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda, keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga kel­tiradi. O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya — qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar.

O‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin.

Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo‘lgan o‘smirda juda ko‘p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo‘ladi va ular o‘smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu krizis o‘smirning ma’naviy o‘sishi, shuningdek psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi, o‘zining yaqinlari, do‘stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi.

O‘smirlar haddan tashqari g‘ayratli va besaramjon bo‘ladilar, ular uchun bekorchilik juda og‘irdir, bir xil tarzdagi ishlardan tezda toliqadilarbir xildagi ish bilan qiziqmay qo‘yadilar, bu esa ularning ta’lim jarayonlari muvaffaqiyatiga kuchli ta’sir qiladi. Xulq-atvordagi og’ish muammosi markaziy psixologik va pedagogik muammolardan biridir. Axir, agar yosh avlodni tarbiyalashda hech qanday qiyinchiliklar bo’lmaganida, jamiyatning rivojlanish va ta’lim psixologiyasiga, pedagogikaga va xususiy metodlarga bo’lgan ehtiyoj shunchaki yo’q bo’lib ketar edi.

O’smirlik — bu insoniyat rivojlanishining eng qiyin davrlaridan biri. Nisbatan qisqa muddat bo’lishiga qaramay, deyarli ko’p jihatdan insonning kelajakdagi hayotini belgilaydi. O’smirlik davrida xarakterning shakllanishi va shaxsiyatning boshqa poydevorlari asosan shakllanadi.

O’smirlik davrida aqliy rivojlanishning umumiy xususiyatlari:


  1. Hayotning murakkablashishi.

  2. Mustaqillikni tasdiqlaydi.

  3. Ichki pozitsiyalarni o’zgartirish, kelajakka munosabatni o’zgartirish.

  4. Professional o’zini o’zi aniqlash vazifasi.

  5. Mustaqil hayotning «ostonasi».

— hayot rejalarining paydo bo’lishi;

— hayotning barcha sohalariga kirib boorish;

Yetakchi faoliyat:

— o’quv va professional kasb;

— professional o’zini o’zi belgilash;

Shu vaqtgacha odobli, dilkash bo`lgan o`smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo`pol, sеrzarda bo`lib qoladi. O`smir xulqidagi bunday o`zgarishlar o`qituvchi yoki ota-onalarni qattiq tashvishga soladi, munosabatlarini o`zgartiradilar. Natijada kеlishmovchiliklar, anglashilmovchiliklar kеlib chiqadi.

Xo`sh, o`smirning psixik o`sishini harakatga kеltiruvchi kuch nima? O`smirning psixik o`sishini harakatga kеltiruvchi kuch– uning faoliyatini vujudga kеltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o`rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo`lishidir. Vujudga kеlgan ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o`smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta– sеkin yo`qotish mumkin.

O’smirlar uchun chegaralarni belgilang. O’smirlik davrida mustaqillik va mustaqillikka erishish istagi ko’pincha jamiyatda va oilada mavjud bo’lgan qonunlarni buzish orqali amalga oshiriladi. Buning oldini olish uchun aniq aniq, adolatli va ikkala tomonidan tasdiqlanishi kerak bo’lgan chegaralarni belgilash kerak.




Yüklə 53,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin