Hissiy suhbatni talab qilmang!!!
Vaqti-vaqti bilan har birimiz o’zimiz bilan yolg’iz bo’lishimiz kerak. Yoshlar bundan mustasno emas. Shuning uchun, agar siz bolaning xatti-harakatlarida o’zgarishlarni sezsangiz, giyohvandlik bilan so’roq qilishni tashkil qilishdan tashqari, siz ularga o’zingizning muloqotingizni yuklamasligingiz kerak.
O’smirni kattalar muammolarini hal qilishga jalb qiling
Kattalarning keng tarqalgan xatolaridan biri shundaki, biz bolalar kattalar muammolarini hal qila olmaymiz deb hisoblaymiz.
Kuni kecha beozorgina, yuvoshgina bo`lib yurgan, qalb kechinmalari bilan o`rtoqlashgan bolaning birzumda tutoqib, asabiylashib ketishi, gapga quloq solmasligi, qo`pollik bilan javob berishining sababi nimada deb o`ylanib qoladi, gohida ota-onalar. To`g`ri, o`smirlar ba`zida muammo tug`dirishi mumkin, ammo mazkur davrdagi o`zgarishlar sizni xayratga solmasin. Axir farzandingiz, ba`zilar uchun unchalik oson bo`lmagan o`smirlik davrini boshdan kechiryapti. Bunday paytda gormonal o`zgarishlar sodir bo`lib, bolaning xatti-harakatlarida aks etadi. U o`ta ta`sirchan, asabiy bo`lib, ba`zan halovati yo`qdek ko`rinadi. O`smirlar ko`pincha javobsiz muhabbat, ota-ona yoki tengqurlari bilan kelishmovchiliklar, kelajak oldida qo`rquv hamda yolg`izlikdan aziyat chekishadi. To`g`ri, o`smirlik davrida hamma bolalarda ham bu kabi muammolar kuzatilmaydi, biroq organizmdagi o`zgarishlar vaqti-vaqti bilan o`zini namoyon etadi. Bizning vazifamiz bunday muhim damda, o`smir bolalar bilan til topishish uchun sabr-toqat kilishimizga to`g`ri keladi. Avvalambor, do`stona munosabatlarni o`rnatib, ko`proq muloqotda bo`lish nihoyatda muhim. . Shuning uchun o`z bolajoningiz uchun vaqt ajratib, ko`proq oilaviy yig`ilishlar uyushtiring. Ertalab maktabga kuzatayotganda, birgalikda nonushta qila turib, uning hayotiga qiziqishingizni bildirishingiz mumkin. Uning mashg`ulotlari, qiziqishlari, tanish-bilishlari, nizolari haqida so`rab-surishtirishingiz ayni muddaodir. Siz doimo hammasidan xabardor bo`lib turishingiz kerak.
Farzand o`stirayotgan har bir ota-ona bolaning o`smirlik davri haqida ko`plab ma`lumotlarni eshitgan bo`lsa ajab emas. Ehtimol, quloqqa chalingan har qanday voqea-hodisalar sizni xavotirga solgandir, ammo ana shu davr borasidagi aniq ma`lumotlarga ega bo`lsangiz, xavotirga aslo o`rin yo`q.
Dostları ilə paylaş: |