Tadqiqotning nazariy ahamiyati. Magistrlik dissertatsiyasining nazariy xulosalari ingliz va o’zbek tillari frazeologik sistemasini yanada batafsilroq o’rganishga imkon yaratadi. Ish matnidan ingliz va o’zbek tillarida “ Stilistika va matn tahlili”, “ Leksikologiya” fanlarini bakalavr yo’nalishida o’qitishda; “Badiiy matn tahriri “, “Uslubiyat nazariyasi “ fanlarini magistratura mutaxassisliklarida o’qitishda keng foydalanish mumkin.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati.Ishdan akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida o’qitiladigan fanlar bo’yicha darsda hamda ilmiy maqola, tezislar yozishda foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.