Buxoro davlat universiteti



Yüklə 372,5 Kb.
səhifə2/42
tarix02.02.2022
ölçüsü372,5 Kb.
#114093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Mavzuning dolzarbligi. Frazeologizmlarning turli tillar doirasida qiyosiy o’rganish, ularning til va nutq bosqichlaridagi umumiylik va xususiylik dialektikasini yoritish, alohida olingan sohalarda frazeologik birliklar, ularning semantik-grammatik va nutqning vazifaviy uslublarida uslubiy xususiyatlarini ochib berish, ayniqsa, kasbga oid frazeologik birliklarning semantik, grammatik va emotsional – ekspressiv xususiyatlarini belgilash mazkur magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligini belgilaydi.

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ingliz va o’zbek tillarida kasbga doir frazeologik birliklarning leksik-semantik, grammatik xususiyatlarini ochib berish, ularning emotsional-ekspressiv xususiyatlarini belgilash dissertatsiyaning maqsadi bo’lib hisoblanadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

  • frazeologik birliklarning jahon tilshunosligida o’rganilishini ko’rib chiqish, shu asosda ingliz va o’zbek tillari frazeologiyasining taraqqiyotiga munosabat bildirish;

  • frazeologik birliklarning ma’nosini, uning funksional uslubiy xususiyatlarini ochib berish;

  • frazeologik birliklarning uslubiy tasnifini belgilash;

  • kasbga oid frazeologik birliklarning leksik-semantik va grammatik xususiyatlarini ochib berish;

  • kasbga oid frazeologik birliklarning emotsional-ekspressiv xususiyatlarini ko’rsatish;

  • kasbga oid frazeologik birliklarning ingliz va o’zbek tillarida qiyosiy tahlil qilish.


Yüklə 372,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin