Tadqiqotning obyekti ingliz va o’zbek tillaridagi frazeologizmlar bo’lib hisoblanadi.
Tadqiqotning predmeti so’zlashuv va badiiy nutq uslublarida frazeologik birliklar hamda badiiy matn materiallaridir.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda qo’yilgan masalani yoritishda tilshunoslikning sinxron-tavsifiy, qiyosiy va semantik-stilistik tahlil usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqot ishining yangiligi ingliz va o’zbek tillarida kasbga oid frazeologik birliklarning leksik-semantik hamda grammatik xususiyatlarini qiyosiy tahlil asosida ochib berishdan iborat.