Tadqiqot obyekti va predmeti. Ingliz va o’zbek tillarida frazeologizmlar, so’zlashuv va badiiy nutq uslublaridafrazeologik birliklar hamda badiiy matn materiallari ishning obyekti va predmetini tashkil qiladi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Ingliz va o’zbek tillarida kasbga doir frazeologik birliklarning leksik-semantik, grammatik xususiyatlarini ochib berish, ularning emotsional-ekspressiv xususiyatlarini belgilashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
− frazeologik birliklarning jahon tilshunosligida o’rganilishini ko’rib chiqish, shu asosda ingliz va o’zbek tillari frazeologiyasining taraqqiyotiga munosabat bildirish; ularning o’rganish obyekti va taraqqiyotini belgilash;
frazeologik birliklarning ma’nosini, uning funksional uslubiy xususiyatlarini ochib berish;