III BOBNING XULOSASI
Boshlang’ich ta'lim jarayonida o’quvchilar badiiy va ilmiy-ommabop kitoblarni mustaqil o’qiy va tanlay oladigan, ularning mazmun- mohiyatini tushunadigan bo’lishlariga erishiladi. Bunda o’quvchilar gazeta va jurnallar mutolaasiga ham qiziquvchan faol kitobxon bo’lishlariga e'tibor qaratiladi.
Ilmiy-ommabop asarlarni o’qish, o’z navbatida, muhim va o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib, o’quvchilarning bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, kundalik hayotga faol munosabat uyg’otadi. u o`quvchilarda kengqamrovli dunyoqarash shakllanishini, tarixiy voqealarga to`g`ri munosabat bildirishni tarbiyalaydi.
Vatanimizning buyuk o`tmishi, ajdodlarimizning Vatan va xalq uchun fidoyiliklar haqidagi ilmiy-ommabop maqolalar o`quvchilarga ma’rifiy saboq beradi.
Hadisda aytilishicha, bir soatgina ilm o‘rganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik dars esa uch oy tutilgan nafl ro‘zadan afzaldir.
Ajdodlarimizdan bir ulamo aytgan ekanlar: «Ilm o‘rgan, u sening yoshlik paytlaringda to‘g‘ri yurishingni ta’minlaydi. Katta bo‘lganingda buyuk shaxsga aylanishingda asosiy sabablardan bo‘ladi. Ilm doim sening hamrohing bo‘lib, adashishingdan va qoqilishingdan saqlaydi, dushmanlaringni mag‘lub qiladi». Har bir ilmning o‘z sharafi va ulug‘ligi bor. Barcha ilmlarni mukammal egallab olishning iloji yo‘q, shuning uchun ham eng kerakli, hayotda asqatadigan, e’tiqodga xizmat qiladigan ilmlarni o‘rganish ma’qul. Binobarin, boshlang`ich sinf o`qish kitoblaridan o`rin olgan ilmiy-ommabop maqolalar chinakam ma’naviyatga, ma’rifatga yetaklovchi vosita hisoblanadi.
Naql qiladilarki: «O‘tmishini unutgan, avlod-ajdodlarini bilmagan kimsalarning quldan farqi yo‘q». Xalqimizning kechmishini, uning tarixini puxta bilib olishga har bir o`quvchi intilmog`i lozim. Zotan, kelajak bugungi yoshlardan shuni talab qilmoqda. Vatan tarixini, zamondoshlar qahramonliklarini bilish zarur. Shavkatli tariximizni zamonaviy, mahobatli jahonshumul ishlar bilan boyitishga harakat qilish ham yosh avlod zimmasidadir.
Dostları ilə paylaş: |