Tadqiqotning metodi. Ishning maqsad va vazifasi taqozosiga ko'ra tadqiqotda tarixiy- qiyosiy metoddan foydalanildi. Shuningdek, ilmiy-metodik manbalarni tahlil qilish, ilgor pedagogik tajribalarni o`rganish va umumlashtirish, anketa, test, mashq, pedagogik tajriba natijalarini statistik tahlil gilish usullariga tayanildi.
Tadqiqotning metodologik asoslari. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning milliy madaniyat va ma`naviyatni rivojlantirish, an`anaviy qadriyatlar tizimini tadqiq va targ'ib etish borasidagi nazariy qarashlari dissertatsiyaning metodologik asosini tashkil etadi. SHuningdek, ishda nazariy xulosalar yaratishda N.Karimov, B.Nazarov, S.Mirvaliev, B.Qosimov, SH.Rizaev, M.Jumaboev, R.Barakaev, Y.Abdullaev va boshqa adabiyotshunoslarning ilmiy asarlarida bayon qilingan nazariy xulosalarga asoslanildi.