Buxoro davlat universiteti


Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi



Yüklə 95,27 Kb.
səhifə8/17
tarix14.04.2022
ölçüsü95,27 Kb.
#115290
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
nargiza Raximova

Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi. Ushbu ishning ilmiy yangiligi, avvalo, o'zbek adabiyotshunosligida yaratilgan ilk darsliklar sifatida Abdulla Avloniyning ‘‘Adabiyot yoxud milliy she`rlar” ,‘‘Birinchi muallim”, ‘‘Turkiy guliston yoxud axloq”, ‘‘Ikkinchi muallim” asarlari tabiatini, badiiyatini, obrazlar olamini, o'ziga xos g'oyaviy mundarijasini ilk bor monografik jihatdan yaxlit tadqiq etishga bag'ishlanayotgani bilan belgilanadi.

Ishda bu asarning bolalar adabiyoyotida tutgan o'rni, o'ziga xos xususiyatlari birinchi marta maxsus tadqiq etildi. Unda muallifning darslik yaratish uchun foydalangan asarlari, asos bo'lgan manbalari aniqlandi.

Abdulla Avloniyning ta`lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o'zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog'langanligi,uning boy pedagogik merosi milliy maktab, milliy pedagogikani rivojlantirishda qimmatbaho manba bo'lib xizmat qilgani asoslab berildi. Shular ishning muhim ilmiy nazariy yangiligidir.


Yüklə 95,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin