Buxoro viloyat Kogon tumani 15-umumta’lim maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi Husenova Dilfuza Samatovna 2-sinf ona tili va o`qish savodxonligi Mavzu : “Shippak “ hikoyasi Mavzu: “Shippak “ hikoyasi Mavzu: “Shippak “ hikoyasi Firdavs asli yomon bola emas. Biroq sal uyquchi . Doim darsga kech qoladi. U hozir ikkinchi sinfda o`qiydi . Ammo shu vaqtgacha biror marta o`zi uyg`onmagan . Har kuni ertalab oyisi :
-Firdavs , bo`laqol , o`g`lim,tong otdi, maktabingga kech qolma , - deydi . Firdavs esa:
-Xo`p , hozir ,- deydi-yu, aqalli boshidagi ko`rpani ochmaydi . Keyin buvisi chaqiradi :
-Firdavs ,turaqol, toychog`im, Malika allaqachon kiyinib bo`ldi.Tag`in sinfga ustozingdan ham keyin kirib borma ,uyat bo`ladi .
-Xo`p buvi, hozir, - deydi Firdavs javon ustidagi soatga ko`z tashlab …
Bugun ham shunday bo`ldi . Unga oyisi va buvisining gaplari kor qilmadi . So`ng eshik tagida dadasining momaqaldiroqday ovozi jarangladi . Ana shunda Firdavsing ko`zi moshday ochilib , o`rnidan sakrab turdi .
Nonushta qilish uchun dasturxon yoniga kelganida Rustam amakisining qizi Malika nonushtani tugatib , o`rnidan turayotgan edi .
- Bo`laqol , amaking ham ishga kech qolmasin,- dedi oyisi o`g`liga quyilgan shirin choyni piyoladan piyolaga shopirarkan.
- Xo`p , hozir .
Tashqaridan amakisining ovozi eshitildi.
-Firdavs ketdikmi ?..
-Ha, ketyapman.- Firdavs sumkasini yelkasiga ilgancha mashinaga qarab yugurdi .
Xayriyat , -dedi buvisi. – Bugun sal barvaqroq ketishdi , Xudo xoxlasa , darsga vaqtida ulguradi.
Savol -javob 1.Firdavs qanday bola?
2.Malika Firdavsga kim bo`ladi ?
3.Firdavsning oilasini qanday tasavvur qildingiz?
Sizningcha , bu xonadonda nechta odam yashaydi va ular kim ?
4.Ovozning momaqaldiroqdek jaranglashi qanaqa bo`ladi ?
5.Ona nima uchun choyni piyoladan piyolaga shopirdi ?
Savol -javob Firdavs qanday bola?
-Firdavs asli yomon bola emas. Biroq sal uyquchi .Doim darsga kech qoladi. U hozir ikkinchi sinfda o`qiydi.Ammo shu vaqtgacha biror marta o`zi uyg`onmagan .
Savol -javob Malika Firdavsga kim bo`ladi ?
-Malika Rustam amakisining qizi
Savol -javob Firdavsning oilasini qanday tasavvur qildingiz?
Sizningcha,bu xonadonda nechta odam yashaydi va ular kim ?
-Firdavsning oilasi katta…..
Savol -javob Ovozning momaqaldiroqdek jaranglashi qanaqa bo`ladi ?
-Jarangdor, kuchli ovoz
Savol -javob Ona nima uchun choyni piyoladan piyolaga shopirdi ?
Tezroq sovishi uchun
Uyga vazifa Siz oilangizda kimlar bilan yashaysiz ? Shular haqda yozib kelish