Buyuk Britaniya, ingl. Great Britain



Yüklə 417,5 Kb.
səhifə3/6
tarix18.09.2023
ölçüsü417,5 Kb.
#129051
1   2   3   4   5   6
Buyuk Britaniya

Tarixi


Hoz B. B. hududida mil. av. 1-ming yillikda kelt qabilalari — brittlar yashagan. Mil.a.da Britaniya o.larining katta qismini rimliklar bosib oldi. 5-a.ning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay qismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. 9-a. boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016—42 y.larda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida bo’lgan.
1066 y. Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan so’ng mamlakatda feodal yer egaligi paydo bo’lib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. 10—11-a.larda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo bo’la boshladi. 12—13-a.larda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265 y. paydo bo’lgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi; hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo bo’ldi. Angliya bilan Fransiya o’rtasida bo’lib o’tgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatida soliqlarning ko’payishi va 1348—49 y.lardagi vabodan so’ng aholi ahvolining og’irlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qo’zg’oloniga sabab bo’ldi. Qo’zg’olon mag’lubiyatga uchragan bo’lsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki bo’ldi. 15-a.da Angliyada dehqonlarning tutqinligi batamom yo’qotiddi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va o’rta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab bo’ldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning ko’payishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xo’jaliklari xonavayron bo’ldi. 16-a.ning 30-y.larida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qo’yilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga bo’lib berildi. 16-a. 2-yarmi — 17-a. boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shim. Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo bo’ldi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya g’olib chikdi. 16-a. oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-a.dagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda g’alaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar q. x. hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga to’siq bo’lib turgan g’ovlarni yo’qotdi, i. ch. kuchlarining rivojlanishiga yo’l ochdi. 17-a. oxirida B. B.da yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo bo’ldi. 18-a. o’rtalariga kelib manufaktura bosqichidan korxona tizimiga o’tish uchun sharoit yaratildi. 18-a.ning 2-yarmida B. B. hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi — tori bilan vigi shakllandi. 19-a. o’rtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi.17—18-a.larda B. B. Hindiston, Shim. Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun bo’lgan urush (1775—83) natijasida Shim. Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida B. B. inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi bo’ldi. Fransiyaning mag’lubiyatidan B. B. burjuaziyasi o’z savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Jan. Afrikadagi Kap mustamlakasi va b. hududlar B. B.ga o’tdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamg’arilib, sanoatda to’ntarish yasashga zamin tayyorlandi. 19-a.ning 30-y.larida i. ch.ning fka tizimi qaror topdi. 30—40-y.larda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati — chartizm keng avj oldi. B. B. hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni ko’paytirishga qaratildi. B. B. Yangi Zelandiya, Birma, Jan. Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-a.ning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (1840-42, 1856-60) hamda Afg’onistonga qarshi (1838—42, 1878—80) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857—60), Irlandiya (1848—67 va b.), Yamayka o.dagi (1832) milliy ozodlik qoʻzgʻolonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qo’zg’olonini (1851—64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri bo’ldi. 1878 y. Kipr o.ni, 1882 y. Misr, 1898 y. Sharqiy Sudanni, 1899—1902 y.larda Jan. Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi.
20-a. boshlariga kelib B. B. iqgisodiy jihatdan AQSH va Germaniyadan orqada qola boshladi. B. B. bilan Germaniya o’rtasidagi ziddiyat 1-jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida g’olib mamlakatlar qatori Germaniyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga o’z mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-y.larda B. B. Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929—33 y.lardagi jahon iqtisodiy inqirozi B. B. iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938 y. B. B. hukumati Myunxen shartnomasiga qo’shilib, 2-jahon urushining boshlanishiga yo’l ochdi. 1939 y. 3 sent.da B. B. Germaniyaga urush e’lon qildi. Urush B. B.ning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. 2-jahon urushidan so’ng B. B. mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970-y.larning o’rtalarida B. B.ning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. 2-jahon urushidan keyin B. B. hukumatini navbatmanavbat leyboristlar (1945—51, 1964—70, 1974—79) va konservatorlar (1951-64, 1970-74 va 1979 y.dan) partiyasi boshqardi. B. B. 1945 ydan BMT a’zosi. O’zR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 18 fevralda o’rnatgan. Milliy bayrami — Qirolicha tug’ilgan kun (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi).
Asosiy siyosiy partiyalarni, kasaba uyushmalari. Leyboristlar partiyasi, 1900 y. tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867 y. tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988 y.da asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925 y.da tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928 y.da tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988 y.da B.B. Kommunistik partiyasining sobiq a’zolari tomonidan tuzilgan; So’l demokratlar partiyasi, 1920 y. tashkil etilgan.
Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi — Britaniya tredyunionlar kongressi, 1868 y. tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897 y. tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899 y. tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973 y. tashkil etilgan.
Xo’jaligi. B. B. — iktisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni sanoat, 1,8 % ni qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi, 70,2 % ni xizmat ko’rsatish tarmog’i beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan bog’langan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir kadar taraqqiy etdi. 2-jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qo’ldan ketdi; sanoat i. ch. urushdan avvalgi darajadan 25 % kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 1/4 qismini qo’ldan boy berishga yoki sotishga majbur bo’ldi. Iqtisodiyotning harbiy izga ‘tushirilishi ko’pdanko’p behuda harajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoati. ch.ida 1948 y.da B. B. ulushi 11,9 % edi, 1968 y.da 7,4 % ga tushib qoldi.



Sanoati


B. B. eksportining 90 % ni sanoat ta’minlaydi. 2-jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik — sanoatning muhim tarmog’i, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat korxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari i. ch. ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, ma’danli o’g’it, bo’yoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota i. ch.), to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va b. tarmoqlari bo’yicha yirik korxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining ko’pchiligi Jan. va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari — London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild sh.larida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari — Jan. Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shim. Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya korxonalari — Midlend, Jan. Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati korxonalari Shim.
G’arbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati korxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shim. dengiz va Bristol qo’ltig’i sohillarida, to’qimachilik sanoati korxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shim. dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. B. B.da yiliga o’rtacha 48,2 mln. tonna toshko’mir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m3 tabiiy gaz qazib olinadi, 304,5 mlrd. kVt soat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr stansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna po’lat ishlab chiqariladi.
Qishloq xo’jaligida mamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 2 % gina band. B. B. qishloq xo’jaligi intensivlik, mahsuldorlik va mexanizatsiyalashuvning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. U mamlakatning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojining 75 %ini ta’minlaydi. Q. x.ning asosiy tarmog’i — chorvachilik. B. B.da 12 mln. qoramol, 7,5 mln. cho’chqa, 41,5 mln. qo’y, 131 mln. parranda bor. Dehqonchiliqda asosiy ekin — g’alla. Qand lavlagi, kartoshka ham ekiladi. Sabzavotchilik, bog’dorchilik, gulchilik rivojlangan. Shim. dengiz va Atlantika okeanida baliq ovlanadi.

Transporti


T.y.lar uzunligi 32 ming km. Asosiy t. y. uzeli — London; undan 11 tomonga t. y. ketgan. T. y.larning zichligi jihatidan Yevropada Belgiyadan keyin 2-o’rinda. Ichki kjlarni tashishda avtomobil transporti 1-o’rinda. 368,8 ming km avtomobil yo’li bor (1990-y.lar oxirlari). Yo’lovchilar tashishda havo transportining mavqei katta. Dengiz savdo flotining tonnaji 4,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: London, Sautgempton, MilfordXeyven, Xall, Immengem, Liverpul, Manchester va b.
Tashqi savdo mamlakat iqtisodiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega. Chetga chiqariladigan mahsulotning 90 % ni sanoat tarmog’i beradi. B. B. chetga mashina va uskunalar, transport jihozlari, ip va jun gazlamalar, kimyo mahsulotlari, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, qoramol, po’lat, toshko’mir chiqaradi. Chetdan temir ruda, rangli va nodir metallar, neft, fosforit, paxta, turli xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari va b. keltiriladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari — Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH, Yaponiya. Chet el sayyoxligi rivojlangan (1 yilda 12 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi — funt sterling .
Tibbiy xizmatn. B. B. sog’liqni saqlash tizimida 500 mingga yaqin o’rinli kasalxonalar bor. 75 mingdan ziyod shifokor tibbiy yordam ko’rsatadi (1990-y.lar o’rtalari). Kasalxonalarda pulli o’rin va palatalar mavjud. Shifokorlar 30 dan ortiq tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. B. B.da Brayton, Istborn, BognorRijis, Bornmut, Torki, Bat kabi kurortlar bor.
Maorifi va madaniy-ma’rifin muassasalari. B. B.da boshlang’ich va to’liqsiz o’rta ta’lim (5 dan 16 yoshgacha) majburiy. Boshlang’ich maktablarda 5 yoshdan 11 yoshgacha o’qiladi. O’rta maktablar asosan 3 turga: 5—7 y.lik grammatik maktablar, 5 (ba’zan 7) y.lik texnika maktablari va 4 y.lik zamonaviy maktablarga bo’linadi. O’quvchilarning 65 % 16 yoshdan keyin ta’limni kollej, unt va b. oliy o’quv yurtlari va markazlarida davom ettiradi. B. B.da 79 unt, 40 ga yaqin politexnika kolleji bor. Eng qadimgi unt.lari Oksford (1167) va Kembrij (1209) unt.laridir.
Eng yirik kutubxonalari: Britaniya muzeyi kutubxonasi, Shotlandiya Milliy kutubxonasi (3 mln. dan ortiq asar), Kembrij va Oksford unt.larining kutubxonalari va b. Eng yirik muzeylari: Britaniya muzeyi (1753). Milliy galereya (1824), Teyt galereyasi (1897), Shotlandiya Qirollik muzeyi (1854) va b.
Ilmiy muassasalar. B.B. fani taraqqiyotida Oksford (1167) va Kembrij (1209) unt.lari katta ahamiyatga ega. 1662 y.da London Qirollik jamiyati tashkil topdi. Bu jamiyat B. B. fanini, ayniqsa tabiat fanlarini taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1675 y. Grinvichda B. B.ning astronomiya sohasidagi asosiy ilmiy muassasasi — Qirollik rasadxonasi ochildi. 1945 y.dan boshlab i. t. markazlari ko’paya bordi. 1990-y. o’rtalarida 50 ga yaqin unt. va kollejlarda i. t. ishlari olib borildi. Xususiy sanoat lab.lari hamma tadqiqot ishlarining yarmidan ko’pini bajaradi. Ko’p firmalarda (500 dan ortiq kishi ishlaydi) ham tadqiqotlar olib boriladi. Kooperativ tadqiqot assotsiatsiyalari urushdan keyingi yillarda ikki baravardan ko’proq ortdi. Davlat tadqiqot int.lari va markazlari ham mavjud. 1954 y.da yadro fizikasi va energetika muammolarini tadqiq qiluvchi bir nechta davlat int.lari tashkil topdi. Mikrobiologiya, kvant elektronikasi, radioastronomiya va b. sohalarga oid tadqiqot olib boradigan ilmiy markazlar tuzildi. B. B.ning yirik ilmiy muassasalari: Tabiat to’g’risidagi bilimlarni rivojlantirish bo’yicha London Qirollik jamiyati, Grinvich rasadxonasi, Qirollik san’at akademiyasi, Britaniya akademiyasi, B. B. Qirollik int.i, Angliya va ingliz tili to’g’risidagi bilimlarni yoyish bo’yicha Britaniya kengashi (hammasi London sh.da), Edinburg qirollik jamiyati.
Matbuoti, radioeshnttirishi va teleko’rsatuvi. B.B.da juda ko’p gaz. va jur. lar nashr etiladi. Eng muhimlari: „Gardian“ („Posbon“, kundalik gaz., 1821 y.dan), „Deyli meyl“ („Kundalik pochta“, kundalik gaz., 1896 y.dan), „Deyli star“ („Kundalik yulduz“, kundalik gaz., 1978 y.dan), „Tayme“ („Vaqt“, kundalik gaz., 1785 y.dan), „Vumen“ („Ayol“, xotinqizlar uchun suratli haftanoma, 1932 y.dan) va b. B. B.da Press Assoshieyshn (ichki axborot to’plashga va ommalashtirishga ixtisoslashgan yetakchi axborot agentligi, 1868 y.da asos solingan), Reyter (xalqaro axborot tarqatishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik axborot agentliklaridan biri, 1851 y.da tashkil etilgan; asoschisi Paul Yulius Reyter nomi bilan ataladi) matbuot agentliklari bor.
B. B.da radioeshittirishlar 1922 y.dan, teleko’rsatuvlar 1936 y.dan olib boriladi. B. B.da 400 ga yaqin radiostansiya, 180 ga yaqin asosiy va 400 dan ortiq yordamchi telestudiyalar mavjud. Britaniyaning yetakchi radioeshittirish va teleko’rsatuv korporatsiyasi — „British Brodkasting Korporeyshn“ — Bibisi 1922 y.da tashkil etilgan.


Adabiyoti


Ingliz adabiyoti 5—6-a. larda vujudga kela boshlagan. 5—11-a.larda anglosaks shevalarida xalq naqllari va qo’shiqlari yaratildi, ular asosida „Beovulf“ qahramonnomasi vujudga keddi. B. B.ni normannlar zabt etgach (11-a.), yuqori tabaqa kishilari orasida fransuz tili rasm bo’lib qoldi, adabiyot fransuz, lotin va ingliz tillarida rivojlandi. 14-a.ning ikkinchi yarmiga kelib, o’rta asrlar B. B. adabiyoti yuqori bosqichga ko’tarildi. Monarxiya davlatining mustahkamlana borishi bilan B. B. adabiyoti milliy harakter kasb etdi. Ritsarlik romani an’analari davom etishi bilan bir qatorda U. Leglendning „Qo’shchi Pyotr haqida tush“ poemasi, J. Choserning „Kenterberi hikoyalari“da yozilgan dehqonlarning feodal zulmiga qarshi harakatlari, ijtimoiy guruhlar hayoti realistik aks etdi. Uyg’onish davri B. B. adabiyotida barcha janrlar taraqqiy etdi. Buyuk gumanist, utopist sotsialist T. Morning „Utopiya“ romani, F. Sidney sonetlari, E. Spenser she’rlari yuzaga keldi. „Yakov IV“, „Jorj Grin Vekfild dalasi qorovuli“ (Robert Grin), „Ulug’ Temur“, „Doktor Faustning fojiali tarixi“, „Malta yahudiysi“ (Kristofer Marlo) kabi tarixiy tragediyalar yaratildi. Uyg’onish davri B. B. adabiyotining yuqori bosqichi V. Shekspir ijodi bilan uzviy bog’liqdir. Salaflaridan farqli ravishda Shekspir yangi — burjua davri kishisi harakteridagi ziddiyatlarni, ma’naviy o’zgarishlarni, shaxs bilan muhit orasidagi nomuvofiqlikning asoslarini tasvirladi. Adibning ijtimoiy falsafiy tragediyalari („Hamlet“, „Otello“, „Qirol Lir“, „Makbet“) Yevropa adabiyotida keskin burilish yasadi. Uygonish davrining so’nggi vakili J. Miltonning qator epik dostonlari va „Samson kurashchi“ tragediyasida barokko uslubi namoyon bo’ldi.
18-a. ingliz ma’rifatchilik adabiyoti uchun jamiyat demokratik tabaqalari manfaatlarini yoqlab, ilg’or g’oyalarni targ’ib qilish xosdir. Bu davrda she’riyat, dramaturgiya rivojlandi, roman yetakchi janrga aylandi. J. Svift burjua jamiyati illatlarini achchiq satira ostiga oldi („Gulliverning sayohatlari“), D. Defo insonning kuch-qudrati, zo’r irodasi, tabiatni bo’ysundiruvchi mehnatini madh etdi („Robinzon Kruzo“). 19-a. B. B. adabiyotidagi asosiy adabiy yo’nalishlar romantizm va tanqidiy realizmdir. Reaksion romantiklar (V. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti) feodal tartiblarni qayta tiklashga urinsalar, ilg’or romantiklar (J. Bayron, P. Shelli) burjua voqeligidan norozi holda, kelajakda adolatning tantana qilishiga ishonch bildirdilar. V. Skottning „Puritanlar“, „RobRoy“, „Ayvengo“ kabi romanlarida mehnatkash xalqning o’tmishi, urfodati, siyosiy kurashlari o’z ifodasini topdi. Ch. Dikkens („Oliver Tvist“, „Dombi va uning o’gli“), V. Tekkerey („Snoblar kitobi“, „Shuhratparastlar yarmarkasi“) jamiyatdagi qabohatlarni fosh etdilar. 19-a.ning oxiri B. B. adabiyotida realizm bilan bir qatorda dekadentlik, naturalizm, neoromantizm oqimlari paydo bo’ldi.
19-a.ning oxiri, 20-a.ning boshidagi realistik yozuvchilar tahqirlangan oddiy kishining qadrqimmatini himoya qildilar (M. Garkness, U. Marris, S. Batler, E. Voynich, T. Gardi). 20-a. tanqidiy realizmning rivojida B. Shou, J. Golsuorsi ijodi muhim bosqich bo’ldi. 20-a.ning ikkinchi yarmida dekadentlik va b. reaksion oqimdagi yozuvchilar (E. Garv, D. Untli, L. Kuper) ijodi inqirozga uchradi, ularning ayrimlari mustamlakachilik siyosatidan yuz o’girib, voqelikni to’g’ri ko’rsatishga intildilar (J. Osborn, K. Emis, D. Ueyn), taraqqiyparvar adiblar (A. Sillitou, S. Chaplin, S. Barstou) ijodi rivojlandi.
B. B. adabiyotining eng yaxshi namunalari o’zbek tiliga tarjima qilingan: V. Shekspirning pyesalari, J. Sviftning „Gulliverning sayohatlari“, D. Defoning „Robinzon Kruzo“, E. Voynichnint „So’na“ romanlari va b.


Yüklə 417,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin