Buyuk Britaniya, ingl. Great Britain



Yüklə 417,5 Kb.
səhifə4/6
tarix18.09.2023
ölçüsü417,5 Kb.
#129051
1   2   3   4   5   6
Buyuk Britaniya

Me’morligi


B. B.da misjez davriga mansub ibtidoiy me’moriy yodgorliklar (Stonxenj — megalit inshooti) va o’rta asrda qurilgan Vinchester, Norij va b. ibodatxonalar mavjud. Me’morlikning rivojlanishi quyidagi davrlarga bo’linadi: roman (11— 12-a.lar); gotika (12—15-a.lar, Dergem, Linkoln, Solsberi, York, Uels sh.laridagi ibodatxonalar); uygonish davri (15—16-a.lar, bu davrda shahar va qishloklarda hashamatli turar joy binolari ko’proq qurildi); klassitsizm (K. Ren, J. Gibbs, U. Cheymbers, R. Adam, U. Kent kabi mashhur me’morlar yetishib chiqishdi); eklektikamodern (19-a.), binolarning ichiga har xil bezaklar berish, temir, beton va oynadan foydalanish („Billur saroy“, J. Pakston, 1851 va b.) avj oldi. 19-a. oxiri, 20-a. boshlarida shaharlar qurish („bog’shahar“, „yo’ldoshshahar“ — E. Govarx, R. Envin kabi me’morlar), maktab, turar joy, maishiy-ma’muriy binolar qurilishi (F. Uebb, N. Shod, Voyzi, Makintosh va b. me’morlar) boshlandi. 20-a. boshlarida abstrakt funksionalizm hukm surdi. Urushdan keyingi yillari butun Yevropa bo’ylab bu oqim inqirozga uchradi va b. („formalistik“ va „yangi brutalizm“) oqimlar bilan almashdi. L. Dreyk, D. Lesden, R. Metyu, L. Martin, G. Uinteringxem, J. Modeli kabi me’morlar zamonaviy me’morlikning rivojlanishiga hissa qo’shdilar.

Tasviriy san’ati


7— 12-a.larda yaratilgan Vinchester maktabiga mansub anglonormann miniatyuralari, tosh o’ymakorligi, keltlarning naqshli miniyatyuralari saqlanib qolgan. 12-a.
ga mansub ibodatxonalarda haykalchalar o’rnatilgan, devorlariga naqsh va gullar solingan. 16-a. rassomligida portret salmoqli o’rin tutdi. X. Xolbeyn, N. Xilliard, A. Oliver kabi rassomlar bu sohada barakali ijod qilishdi. P. Leli, G. Neller, A. Van Deyk kabi rassomlar noziknihol aristokratlar portreta tipini, S. Kuper, J. Rayli kabi miniatyurachi rassomlar realistik portret san’atini yaratdilar.
18-a. birinchi yarmida paydo bo’lgan Angliya milliy rassomlik maktabining asoschisi Vilyam Xogartdir. U o’sha davr Angliya jamiyatining turli tabaqa vakillari hayotini real tasvirladi. 18-a. ikkinchi yarmida ijod etgan J. Reynolds, T. Geynsboro, G. Rebyorn kabi rassomlar kishilarning histuyg’ularini haqqoniy ifodalovchi portretlar yaratdilar. Shu davrda milliy manzara janri (T. Geynsboro, J. Krom) paydo bo’ldi.
19-a. birinchi yarmida realistik manzara janri rivojlandi. Peyzaj asarlarida sanoat korxonalari bilan to’la shaharlar, ko’m-ko’k maysazor dalalar, o’rmonlar, qishloq manzaralarini tasvirlashga keng o’rin beriladi. Bu davrda J. Konstebl novator sifatida shuhrat qozondi. D. Rossetti, M. Braun, X. Xant, E. ByornJons kabi rassomlar esa, o’tgan zamonni qo’msab o’rta asr qo’l mehnati (badiiy hunarmandlik korxonalari, kitob bezaklari)ga qaytishni targ’ib qildilar. 19-a. o’rtalaridagi realistik san’at X. Xerkomer, S. Xeyden asarlarida namoyon bo’ldi.
19-a. oxiri, 20-a. boshlarida syurrealizm, abstraksionizm kabi oqimlar paydo bo’ldi. Bu san’at M. Smit, U. Lyuis, X. Mur va b. rassomlar ijodida o’z ifodasini topdi. 20-a.ning yirik realist rassomlari F. Brengvin, O. Jon, U. Orpen, P. Xogart, L. Bredshou, K. Rou, E. Midldich, D. Grivzlar o’z asarlarini insonning mehnat faoliyatiga, tinchlik va adolat uchun kurash mavzulariga bag’ishlagan.


Yüklə 417,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin