Buyuk Britaniyaning yer yuzasi asosan pasttekislik. Angliyaning shim.g’arbi toglikdan, markazi va jan.sharqi tekislik va sertepa pasttekisliklardan, Shotlandiyaning qirg’ogi egribugri, shim; qismi tor va chuqur Glen-Mor depressiyasi 2 qismga bo’lib turgan Shim. Shotlandiya tog’ligidan iborat. Bu ikkala qismning jan.da (Grampian tog’lari) mamlakatning eng baland cho’qqisi — Ben-Nevis (1343 m) ko’tarilib turadi. Grampian tog’laridan jan.da Shotlandiya pasttekisligi, undan jan.rokda Jan. Shotlandiya qiri (bal. 842 m gacha) joylashgan. Ulardan g’arbda Kamberlend tog’lari (Skofell tog’i, 978 m) qad ko’targan. Jan.ga tomon orol kengaya boradi; bu yerda — Uels ya. o.ning g’arbida Kembriy toglari (Snoudon tog’i, 1085 m) bor. Angliyaning g’arbiy qirg’og’ida keng qo’ltiqlar (Liverpul, Kardigan, Bristol), markaziy va jan. qismlarida pasttekisliklar (Shim.
Sharqiy Feni, London havzasi, Midlend, Xempshir), qator asimmetrik tepalar (bal. 200— 300 m) bor. Shim. Irlandiya ayrim kichik-kichik qirlardan (Antrim, Sperriin, Morn va b.) iborat.
B. B.da foydali qazilmalar kam. Asosan temir rudasi va yuqori sifatli toshko’mir, tosh tuz, kaolin, ozroq mikdorda yonuvchi slanes qazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud. Shim. dengizning B. B. qirtog’i yaqinida tabiiy gaz konlari bor.
B. B.da mo’tadil dengiz iqlimi xukmron; u seryog’in, o’zgaruvchan, tez-tez shamol bo’lib turadi. Jan.g’arbida yanvar ning o’rtacha t-rasi 7°, sharqda 3,5° gacha. Shim.g’arbida yoz salqin, sernam, jan.sharqda ancha iliq va quruq. Shim. da iyulning o’rtacha t-rasi 13°, jan.sharkda 16,5°. London va u ning atrofida t-ra yuz kun davomida 0°dan past, mamlakat sharqida ba’zan —18° gacha tushadi. Yog’in yil davomida deyarli bir me’yorda (kuz va qishda bir oz ko’proq) tushadi, jan.sharqida yoz va kuzda ko’proq yog’adi. Shotlandiya, Shim. Irlandiya, Angliya bilan Uelsning tog’li joylarida yog’in eng ko’p (1000—1500 mm, ayrim joylarda 3000 mm gacha) yog’adi. Jan.sharqda 600—750 mm dan oshmaydi. Bulutli kunlar ko’p, Qishda tez-tez tuman (Londonda qishda 1 oyda 7—10 kun) tushadi. Daryolari ko’p, sersuv, lekin qisqa. Asosiy daryolari — Severn, Temza, Trent, Mersi, Klayd. Daryolar asosan yomg’ir suvlaridan to’yinadi; kuz va qishda to’lib oqadi, yaxlamaydi, ko’pchiligi kema qatnaydigan kanallar bilan birlashtirilgan. Tog’larida ko’llar ko’p. Ularning aksariyati muzlik va tektonik harakat natijasida paydo bo’lgan. Eng yirik ko’llari: LoxNey, LoxLomond, LoxNess. Shotlandiya shim .da tog’podzol tuproq, tog’ tepalarida tog’tundra tuproq, pasttekisliklarda, shim.g’arbda va shim.da chimli podzol tuproq, sharqiy sohilda va jan.da qo’ng’ir o’rmon, ayrim yerlarda chimli karbonatli va unumdor allyuvial tuproqdar tarqalgan. Shim.da tayga va aralash o’rmonlar (qarag’ay, dub, oq qayin), jan.da keng bargli o’rmonlar (dub, grab, shumtol) Usadi. O’rmonlar B. B. maydonining 9 % ida qolgan. O’tloqlar hamma joyda uchraydi. Tog’larning yuqori mintaqalarida tog’ o’tloqlari va torfzorlar bor. O’rmonlarda hayvonlar juda kam. Ochiq joylarda tulki, quyon, olmaxon, tipratikan, yer qazuvchi har xil sut emizuvchilar uchraydi. Qushlardan yovvoyi kaptar, shotland kakligi, o’rdak, qizilishton, karqur va b. bor. Milliy bog’lar, o’rmon qo’riqxonalari mavjud.
Aholisining 81,5 %i inglizlar. Uels lar yoki valliylar (1,9 %), shotlandlar (9,6 %), irlandlar (2,4 %) va b. xalqlar bor. Davlat tili va aholining ko’pchiligi gaplashadigan til — ingliz tili. Irlandlar, uelslar va gellarning bir qismi kelt tillariga kiradigan mahalliy tillarda gaplashadilar. Dindorlarning aksariyati protestantlar; aholisining bir qismi (shu jumladan irlandlar) katoliklardir. Aholining 90 %i shaharlarda yashaydi (1996). Yirik shaharlari: London, Birmingem, Glazgo, Liverpul, Manchester, Sheffild, Lids.