va xatosiz bo’ladi. So’zi hisobsiz — o’zi hisobsiz. So’zida
parishonlik
— o’zida pushaymonlik. Agar so’z go’zallik
ziynati bilan bezalmagan bo’lsa — unga chinlik bezagi
yetarlidir! Yolg’onchining gapi qanchalik chiroyli bo’lsa,
shunchalik qabihdir. Chin so’z qanchalik betakalluf
bo’lmasin, so’zlovchi uchun taassuf yo’qdir. Gul libosi
yirtiq bo’lsa ham ziyonsiz; sadaf xunuk bo’lsa ham inju,
uchun nuqsonsiz.
Yolg’on so’z she'rdan
boshqa yerda
nomaqbul va yolg’onni
aytuvchi aqlsizdir.
Yomon qiliqli odam
—
badfe'l; achchig’i tez —
bir baloga giriftor, bir
ofatga mubtalo
badbasharadir. Bular
qayon borsa
— balodan
qutilmas; har yerga
qochsa ham ofatdan
xalos bo’lmas. Yomon
qiliq g’olib dushmandir
va qahrli yovdir, yomon
qiliqli kishi esa doim
unga mag’lub va vujudi
undan majruh.
Ochiq chehrali odam
—
ikkiyuzlamachilikdek
nuqsondan yiroq
bo’ladi... Ochiq yuzidan
xaloyiqqa xursandlik;
chuchuk so’zidan el-
yurtga xurramlik.
Odamiylik bilan
ko’ngillarga sevimli;
insoniylik bilan jonlarga
yoqimli. Undan do’st-
dushman xotirjam.
Bunday kishi umridan
baraka topgay.
Dushman aldoviga
uchma; maddoh
xushomadini chin dema.
Dushmanning g’arazi o’z
yomon niyatiga
yetmoqdir;
maqtovchining maqsadi
— xorlik bilan sendan
in'om olmoqdir. Agar
ikkalasiga iltifot
qilmasang va qabul
qilishni lozim bilmasang,
biri o’z maqsadining
ijrosidan to’xtaydi va
tadbiri mujmal bo’ladi va
ikkinchisining maqtovi
hajvga aylanadi.
Noxush xabarni chin bo’lsa ham
do’stingga yetkazma; birovdan
ayb ko’rsang yuziga solma.
Qo’yaver, o’sha chin xabarni
dushman yetkazsin va sen sabr
qil, u ayb mojarosini dushmani
qilsin.
Aqlli odam yolg’on gapirmas;
ammo, barcha rost gapni
aytaverish ham to’g’ri emas.
Birovning ko’zi g’ilay —
nogirondir; ammo, bunga u
aybdor emasdir... Birovni nohaq
hijolatga solmoq
— o’z
nodonligini izhor qilmoq va bir
ko’ngilni og’ritmoqdir. Bu kabi
kishini xafa qiladigan chin
so’zdan ko’ra zarurat yuzasidan
— o’rni bilan gapirilgan yolg’on
yaxshiroqdir.
«Mahbub ul-qulub»dan
Hilm
inson vujudining xushmanzara
bog’idir va odamiylik olamining javohirga
boy tog’idir. Yumshoq ko’ngillik hodisalar
to’la dengizdagi kishilik kemasining
langari desa bo’ladi va insoniyat qadrini
o’lchaydigan tarozining toshiga
tenglashtirsa ham bo’ladi. Hilm axloqi
odamning qimmatbaho libosi va u kiyim
turlarining eng chidamli matosidir. U
Dostları ilə paylaş: |