Byudjet hisobi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə10/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

Byudjet ssudasi - yuqori byudjetdanquyi byudjetga yohud respublika byudjetidan rezident
yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’dir. Byudjet
ssudasi byudjet ijrosi jarayonida yuzaga keladigan daromadlar bo’yicha kassa uzilishlarini qoplash
uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga ajratiladi.
Davlat byudjet tasdiqlangandan so’ng davlat va mahalliy soliqlar va daromadlar to’g’risida,
ma’muriy-hududiy bo’linishdagi, korxonalar, tashkilotlar va ho’jalik birlashmalarining
bo’ysunishidagi o’zgarishlar, turli xildagi bo’ysunishidagi qurilish ob’ektlari o’rtasida kapital
qo’yilmalar limitlarini qaytadan taqsimlanishdagi o’zgarishlar bo’yicha qabul qilingan yangi
qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari qabul qilinishi natijasida alohida
olingan byudjetlarga o’zgarishlar kiritilgan hollarda byudjet ijrosi jarayonida byudjetlar o’rtasida
o’zaro hisoblashuvlar amalga oshiriladi.
Byudjet ijrosi jarayoni natijasi bo’yicha aylanma kassa mablag’lari qoldig’i shakllantiriladi.
Aylanma kassa mablag’lari bo’yicha me’yor belgilanadi.
Aylanma kassa mablag’i me’yori - moliya yilida respublika byudjeti Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo’lgan pul
mablag’larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdoridir.
Byudjet tashkilotlari faoliyati xarajatlari byudjet mablag’lari hisobiga moliyalanadi. Shu
bilan birgalikda byudjetdan tashqari mablag’lar manbalari bo’yicha shakllantiriladi. Byudjet
tashkilotlari xarajatlari smeta doirasida xarajatlar iqtisodiy tasnifi bo’yicha byudjet va byudjetdan
tashqari mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy aktivlari ya’ni pul mablag’lari G’aznachilik va
uning hududiy bo’limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda byudjet va byudjetdan tashqari
mablag’lar bo’yicha alohida yuritiladi. Byudjet tashkilotlari nomoliyaviy aktivlariga asosiy
vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar moddiy zaxiralar, material qiymatliklar va boshqalar kiradi.
Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayonida nomoliyaviy aktivlar hisobi belgilangan
tartibda yuritiladi.
Byudjet tashkilotlari smetalar ijrosi jarayonida belgilangan vazifani bajarish bo’yicha
jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisoblashuvlarni amalga oshiradi va ular bo’yicha majburiyatlar
yuzaga keladi.

Byudjet tashkilotlari joriy yilga moliyaviy natijalarni mablag’larni shakllanishi


manbaalari bo’yicha shakllantiradi va yakuniy moliyaviy natijani aniqlaydi.
Byudjet hisobini tashkil etish moliya organlari va byudjet tashkilotlarini rahbarlari
tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin