Tarbiyalanuvchilarni maktab-internatlarda saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib
boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha kelib tushgan to‘lovlar summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus
turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi, 110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir
hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyot yoki 120 “Milliy valyutadagi naqd pul
mablag‘lari” subschyot debetlanadi. Tarbiyalanuvchilarning maktab-internatda haqiqiy bo‘lgan
kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida
hisoblangan ota-onalarning
mablag‘lari” subschyot kreditlanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi har bir tarbiyalanuvchi
bo‘yicha alohida holda 327-son shakldagi ta’lim muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun
ularning ota-onalari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar qaydnomasida yuritiladi.
Bolalarni maktablar qoshidagi internatlarda ovqatlanganligi uchun ota-onalar bilan olib
boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha hisoblab yozilgan to‘lov summasiga 156 “To‘lovlarning
maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida
hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” subschyot kreditlanadi. Kelib tushgan to‘lovlar
summasiga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyot kreditlanadi va
120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari”, 110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblardan tushgan mablag‘lar” yoki 061 “Oziq-ovqat mahsulotlari” (to‘lov o‘rniga oziq-ovqat
berilganda) subschyotlar debetlanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi 327-son shakldagi ta’lim
muassasalarida bolalar saqlanganligi uchun ularning ota-onalari bilan
olib boriladigan hisob-
kitoblar qaydnomasida yuritiladi.
Bolalarni bolalar musiqa va san’at maktablarda, shuningdek boshqa ta’lim muassasalarida
o‘qitganlik uchun hisoblangan to‘lov summalariga 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir
hisob-kitoblar” subschyot debetlanadi va 242 “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning
mablag‘lari” subschyot kreditlanadi. Kelib tushgan summalarga tegishli pul mablag‘larini hisobga
oluvchi subschyotlar debetlanadi va 156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar”
subschyot kreditlanadi.Analitik hisob har bir badal to‘lovchi ota-onalar bo‘yicha alohida holda
yuritiladi.Xodimlar bilan ularning ish joylaridan ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-
kitoblarda qonunchilikka ko‘ra kasalxonalar, maktabgacha ta’lim muassasalari, nogironlar,
shuningdek qariyalar uylari va boshqa tashkilotlar joylashgan yerda umumiy ovqatlanish
korxonalari bo‘lmagan hollarda ularning xodimlariga to‘lov hisobiga ovqatlanish ruxsat etilgan
bo‘lib, ana shu tashkilotlarning xodimlari bilan ovqatlanganlik uchun hisob-kitob olib boriladi.
Xodimlar
bilan
ular
olgan
ovqatlar
uchun
hisob-kitob
yuritganda
156 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotning debetiga sarf qilingan
oziq-ovqat mahsulotlarining qiymati yoziladi, bunda, 061 “Oziq-ovqat mahsulotlari” subschyot
kreditlanadi.
Kreditiga esa, xodimlardan ovqat uchun olingan summalar, shuningdek oldindan to‘langan
avans
summalari yozib boriladi, bunda tegishli pul mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlar
(120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari” yoki 110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir
hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyotlar) debetlanadi.
Ovqatlanish uchun olib boriladigan hisob-kitoblarning hisobi 285-son shakldagi aylanma
qaydnomada yuritiladi. Bu qaydnomada xodimlarning familiyasi va ismi ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: