Byudjet hisobi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə103/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

Internet saytlari: 

www.lex.uz


www.mf.uz

www.soliq.uz

www.gov.uz

www.oecd.org/gov/budget/database

13-MAVZU: BYUDJET TASHKILOTLARIDA XODIMLAR VA STIPENDIYA 
OLUVCHILAR BILAN HISOBLASHUVLAR HISOBI
REJA: 
1. Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish uning maqsadi va
vazifalari.
2. Xodimlar bilan mehnat haqi to‘lash bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi.
3. Xisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar hisobi.
4. Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi.
5. Stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi.
6.Xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar xisobini buxgalteriya xisobvaraqalarda aks
ettirilishi.

1. Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish uning 
maqsadi va vazifalari. 
Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish
jarayonida kamomadlar, hizmat safarlari, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarbo‘yicha
xodimlar bilan, stipendiya to‘lovlari bo‘yicha talabalar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi.
Material javobgar shaxslar bilan yo‘l qo‘yilgan kamomadlar bo‘yicha hisoblashuvlar amalga
oshiriladi. Bunda mulkiy qiymatliklar bo‘yicha kamomadlar unidirish vaqtida bozor qiymatida

undiriladi. Yo‘l qo‘yilgan kamomadlar inventarizatsiya dalolatnomalari orqali aks ettiriladi va


mehnat qonunchiligi talablari asosida undiriladi. “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-
mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi
Nizom”ga asosan ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning
moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi
bilan tartibga solinishi ko‘rsatilgan.
Bir oylik o‘rtacha ish xaqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan
undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar
aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi
inventarizatsiya o‘tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo‘yicha
hisoblanadi.
Agar xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan yetkazilgan zarar summasi uning o‘rtacha oylik ish
xaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa, undirish sud
orqali amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish sharoitida mehnatga haq to‘lash ijtimoiy qo‘llab-
kuvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi vazifalari bevosita xo‘jalik sub’ektilarga
berilgan. Har bir xodimning mehnat daromadlari, xo‘jalik sub’ekti faoliyatining pirovard natijasini
hisobga olgan xolda, uning qo‘shgan hissasi va maksimal mikdori cheklanmaydi. Lekin
xodimlarning minimal ish haqi miqdori qonunchilik bilan belgilanadi. Mehnat munosabatlarini,
shu jumladan xodimlar mehnatiga hak to‘lashni yuridik asosini mehnat to‘g‘risidagi konuniy
hujjatlar, xo‘jalik sub’ektilarning jamoa shartnomalarini va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar
tashkil
etadi.
Ma’lumki ish haqi, o‘z navbatida, asosiy va qo‘shimcha ish haqiga bo‘linadi: Asosiy ish xaqiga,
xodimlarni ishlagan vaqti, bajargan ishining miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqi, tarif
stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan
qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog‘liq bo‘lmagan xolda turib qolishlarga xisoblangan ish haqi
va
shu
kaba
boshqalar
kiradi
.
Qo‘shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ishchining ishlamagan ish vaqti
uchun xisoblangan ish haqidir. Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, voyaga
yetmaganlar o‘smir yoshlar, ayollar va boshqalar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish
haqi, ishdan bo‘shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar kiradi.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin