Byudjet hisobi


Xisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar hisobi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə105/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

3.Xisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar hisobi. 
Hizmat safari harajatlari bo‘yicha hisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarida hizmat safari harajatlarini amalga oshirish “O‘zbekiston Respublikasi
hududidagi hizmat safarlari to‘g‘risida Yo‘riqnoma (O‘z.R AV. tomonidan 2003 yil 29 avgustda
№ 1268-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) va Xorijiy mamlakatlarga hizmat safarlari “Vazirliklar,
idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat
safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish Tartibi” (O‘z.R AV.
tomonidan 2000 yil 5 iyunda № 932-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan)ga asosan amalga oshiriladi.
Hisobi beriladigan avanslar avans oluvchining yozma arizasiga binoan (arizada avansning nimaga
mo‘ljallanganligi ko‘rsatilishi kerak) tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida beriladi. Hisobi
beriladigan pullar ular berilayotgan vaqtda ko‘zda tutilgan maqsadlar uchungina sarflanadi.
Avans summalarining sarflanganligi haqida hisobdor shaxslar 286-son shakldagi avans
hisobotini tashkilot buxgalteriyasiga topshiradilar. Ular ushbu hisobotga qilingan xarajatlarni

tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib topshiradilar. Avans hisobotiga ilova qilingan hujjatlar hisobdor


shaxs tomonidan ularning hisobotda yozilish tartibiga qarab raqamlab chiqiladi.
Buxgalteriyada avans hisobotlari arifmetik tekshirib chiqiladi, shuningdek, hujjatlarni to‘g‘ri
rasmiylashtirilganligi hamda mablag‘larni muayyan maqsadlar uchun sarflanganligi tekshiriladi.
Tekshirib chiqilgan avans hisobotlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Foydalanilmagan avans qoldig‘i hisobdor shaxs tomonidan avans hisoboti topshirilgandan
so‘ng uch kundan kechiktirmasdan tashkilot kassasiga qaytarilishi lozim. Hisobdor shaxsga oldin
berilgan avans summasi to‘liq qaytarilgandan so‘ng yangidan avans beriladi. Hisobi beriladigan
summalarning sarflanganligi haqida belgilangan muddatda avans hisoboti topshirilmagan yoki
foydalanilmagan avans qoldig‘i kassaga qaytarilmagan hollarda tashkilotlar bu qarzlarni avans
olgan shaxslarning ish haqlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolish huquqiga ega.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin