Byudjet hisobi


Moliyaviy natijalarning hisobi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə110/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

2. Moliyaviy natijalarning hisobi. 
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari bo‘lib: oddiy, me’yoriy,
buyurtma, bosqichli usullar hisoblanadi.
Tannarxni aniqlashning oddiy usuli qo‘llanilganda hisobot davridagi barcha ishlab chiqarish
xarajatlari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Mahsulot
(ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari summasini ishlab chiqarilgan
mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birliklarining umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab
chiqariladi.
Tannarxni aniqlashning me’yoriy usuli xom ashyo, materiallar, mehnat va ishlab chiqarish
quvvatidan foydalanishning belgilangan me’yorlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olishga
asoslangan. Me’yornomalar vaqti-vaqti bilan tahlil qilib turiladi va zarur hollarda joriy shart-
sharoitlarga muvofiq qaytadan ko‘rib chiqiladi.

1 - chizma. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari.
Tannarxni aniqlashning buyurtma usuli ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot (ish, xizmat)
(bir xildagi mahsulotlar guruhi)ga doir alohida buyurtmalar bo‘yicha identifikatsiyalanadigan va
hisobga olinadigan yakka tartibdagi va mayda turkumli ishlab chiqarishga ega bo‘lgan
tashkilotlarda qo‘llanadi. Buyurtmaning ob’ekti bo‘lib mahsulot (ish, xizmat), bir xildagi mahsulot
(ish, xizmat)ning mayda turkumlari yoki ta’mirlash, montaj va eksperimental ishlar hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etadigan yirik mahsulotlarni tayyorlashda buyurtmalar yaxlit
mahsulotga emas, balki uning tugallangan konstruksiyalarga ega bo‘lgan alohida agregatlari,
uzellariga berilishi mumkin.
Buyurtma birligining tannarxi uning bajarilishi (mahsulot ishlab chiqarilishi, ishlar
bajarilishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishi) tugallangandan keyin aniqlanadi. Buyurtma bo‘yicha
xarajatlarning butun summasi uning tannarxini tashkil qiladi. Buyurtmalar qisman bajarilib, ular
buyurtmachilarga topshirilganda qisman ishlab chiqarish tannarxi ularning konstruksiyalari,
texnologiyalari, ishlab chiqarish shart-sharoitlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ilgari
bajarilgan buyurtmalarning tannarxi bo‘yicha baholanadi.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin