4 - chizma. Ishlab chiqarish xarajatlari va olingan tayyor maxsulotlar hisobini xujjatlashtirishning sxematik ko‘rinishi. Agar ishlab chiqarishning bir texnologik jarayonida bir vaqtning o‘zida bir qancha turdagi
mahsulot (ishlar, xizmatlar) chiqib, mahsulot (ishlar, xizmatlar)dan biri yoki bir qancha turi asosiy
(maqsadli) turga tegishli bo‘lsa, unda qolgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) qo‘shimcha mahsulot
(ishlar, xizmatlar) sifatida qaralishi mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlari va olingan tayyor maxsulotlar hisobi buxgalteriya hisobida
belgilangan tartibda dastlabki va yig‘ma xujjatlarda aks ettiriladi (4-chizma).
Jumladan material xarajatlar - yuk xati (talabnoma), material qiymatliklarni hisobdan chiqarish
dalolatnomalari bilan, mehnat haqi - tabel, bajarilgan ishlarni topshirish va qabul qilish
dalolatnomalari bilan, chet tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan ish va xizmatlar - bajarilgan ish va
xizmatlar bajarilgan ishlarni topshirish, qabul qilish dalolatnomalari bilan, asosiy vositalar
amartizatsiyasi - buxgalteriya ma’lumotnomalari va boshqa tegishli xujjatlar bilan
rasmiylashtirilib yig‘ma xujjatlar, xisob registrlariga tushiriladi.
4. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobining tartibi.
Byudjet tashkilotlarida mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar
090 “Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” subschyotida aks ettiriladi. Bu subschyotning debet
tomonida mahsulot (ish va xizmatlar)ni xaqiqiy tannarhi, kredit tomonida qabul qilingan
mahsulot(ish va xizmatlar)ni reja tannarhi bo‘yicha kirimi, tannarh tafovuti yoki hisobdan
chiqarilishi aks ettiriladi.