boshqa xarajatlar, tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar va tovar-moddiy zaxiralarga boshqa
xarajatlarni hisobga oluvchi subschyotlarning “Bosh-jurnal kitobi” (308-shakl) bo‘yicha hisobot
davrining oxiriga qoldiq summasi aks ettiriladi.
"Moliyaviy aktivlar" bo‘limida mavjud hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, akkreditivlar,
kassadagi naqd pul qoldiqlari va boshqa pul mablag‘larining, shuningdek g‘aznachilik
bo‘linmalaridagi shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag‘larining balans tuzilayotgan sanaga qoldiq
summalari aks ettiriladi.
"Debitorlar" bo‘limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo‘yicha qoldiq summalar
(debitorlik qarzlar) aks ettiriladi.
Balansning passiv qismidagi "Yil (chorak) oxiriga" ustuni bo‘yicha:
"Kreditorlar" bo‘limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo‘yicha qoldiq summalar
(kreditorlik qarzlar) aks ettiriladi.
“Moliyaviy natijalar” bo‘limida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijalari (300-343
qatorlar), shuningdek, yakuniy moliyaviy natijasi (350-356 qatorlar) har bir daromad
(tushum)larning turlari bo‘yicha alohida holda aks ettiriladi.
Bunda, joriy yilga moliyaviy natijalar (300-343 qatorlar) bo‘yicha ko‘rsatkichlar yillik
balansda aks ettirilmaydi.
"Balansdan tashqari schyotlar" bo‘limida tashkilotlarning balansdan tashqari schyotlarida
hisobot davri oxiriga aks ettirilgan summalar ko‘rsatiladi.
Balans (1-shakl) tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-
sanasiga qadar topshiriladi.
Quyida byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan balans (1-shakl) ko‘rsatkichlarini
tegishli hisob registrlari va boshqa hujjatlar bilan o‘zaro muvofiqlik jadvalini keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: