Byudjet hisobi


Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati bo‘yichahisobotni tuzish tartibi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə129/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

8.Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati bo‘yichahisobotni tuzish tartibi 
Mazkur hisobot tashkilotlarning quyidagi byudjetdan tashqari mablag‘larining harakati
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va taxlil qilish uchun mo‘ljallangan:
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasining ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun mablag‘lari;
- o‘tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi;
- maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar;
maktabdan tashqari muassasalarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar (musiqa
va san’at maktablari);
- xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo‘yicha hisob-kitoblardan
tushadigan tushumlar;
- maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar;
- ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari
jamg‘armalari;
- umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to‘lovidan tushgan byudjetdan tashqari
mablag‘lar;
- kapital qo‘yilma mablag‘lari bo‘yicha depozitlar;
- turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish
uchun undiriladigan to‘lovlar;
- boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi;
- byudjet tashkilotlarining boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lari;
- grantlar, insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari;
kreditlar.
Hisobotni tuzishdan oldin tashkilotlar:
- hisobot choragi mobaynidagi barcha mazkur byudjetdan tashqari mablag‘larining
shakllanish manbalariga va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarni to‘liqligini;
- hisob raqamlardan olingan ko‘chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini tekshirib
chiqadilar.
“Yil boshiga mablag‘ qoldig‘i” ustuni bo‘yicha tashkilotlar hisobot shaklida keltirilgan
barcha byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobot yilining birinchi sanasiga bo‘lgan mavjud
qoldiq mablag‘larni aks ettiradilar.
“Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar) – jami” ustuni bo‘yicha hisobot shaklida
keltirilgan barcha byudjetdan tashqari mablag‘larning turlari bo‘yicha alohida holda hisobot
davrida
tashkilotning
hisobvaraqlariga
kelib
tushgan
tushumlarni
aks
ettiradilar.
“Xarajatlar yoyilmasi” bo‘limi bo‘yicha mazkur byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan hisobot
davrida amalga oshirilgan kassa va xaqiqiy xarajatlarni xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajatlar
moddasi, kichik moddasi va elementlari bo‘yicha har bir byudjetdan tashqari mablag‘larning
turlari bo‘yicha alohida holda aks ettiradilar.

Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi


oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin