Smeta ijrosi haqida
oylik hisobot (1-OX
shakl)
Mazkur hisobot natijasida tashkilotning byudjet
mablag‘larini hisobot oyi mobaynida
maqsadli sarflanishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin.
Mazkur moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan ma’lumotlar o‘zaro bir biri bilan uzviy
bog‘liqlikda, ya’ni bir hisobotda aks ettirilgan moliyaviy ko‘rsatkichlar boshqa hisobotda yanada
aniqlashtirilgan yoki boshqa ko‘rsatkichlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Bu esa, moliyaviy
hisobotlarni taxlil qilishda yanada ko‘proq imkoniyatlarni yaratadi.
Jumladan, balansda aks ettirilgan debitorlik va kreditorlik qarzlar
buxgalteriya hsobining
subschyotlari bo‘yicha aks ettirilsa, boshqa hisobot shakli – debitorlik
va kreditorlik qarzlar
to‘g‘risidagi ma’lumotda esa, xarajatlar iqtisodiy tasnifining moddalari va kichik moddalari
bo‘yicha aks ettiriladi va h.k.
TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR:
1.
Byudjet tashkilotlarida tuziladigavn moliyaviy hisobotlar tarkibini aytib bering?
2. Byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan davriy hisobotlarni aytib bering?
3. Har bir davriy moliyaviy hisobotlar bo‘yicha ularni tuzish tartibini aytib bering?
4.
Hisobotlar
qayerga
va
qachon
taqdim
qilinadi,
qanday
tasdiqlanadi?
5. Byudjet tashkilotlari moliyaviy hisobotlari axborot imkoniyatlari haqida niamlarni
bilasiz?
6. Moliyaviy hisobotni Balans (1-shakl) axborot imkoniyatlarini aytib bering?