Moliya organi bosh buxgalteri G‘azna dasturiy majmuasida g‘aznachilik organi
buxgalteriyasi tomonidan kiritilgan va tasdiqlangan byudjet kassa xarajatlari bo‘yicha
shakllantirilgan memorial orderdagi yozuvlar shuningdek analitik va sintetik hisobni
muvofiqligini tekshiradi va dasturiy majmuaga “Ijroga” belgisini kiritadi va natijada Memorial
orderdagi yozuvlar avtomatik ravishda Bosh jurnal kitobiga va hisobot shakllarida aks ettiriladi.
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G‘aznachiligi va
uning hududiy bo‘limlarida Davlat byudjeti kassa xarajatlari daftarlari byudjet va byudjetdan
tashqari mablag‘lar bo‘yicha har bir byudjetdan mablag‘ oluvchi bo‘yicha alohida yuritiladi.
Xarajat turlari bo‘yicha rejali ajratilgan byudjet mablag‘lari o‘zgarishlari, xarajatlar turlari
bo‘yicha smetalarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar ro‘yxati rekvizitlari ko‘rsatilgan holda, tegishli
yozuvlar
bilan
rasmiylashtiriladi.
Keyinchalik, kassa xarajatlari hisobida, operatsiyalar amalga oshirilgan sanaga muvofiq: tegishli
xarajat turlari bo‘yicha summalar yoyilmasida kassa xarajatlarini amalga oshirilishida asos bo‘lgan
to‘lov topshiriqnomalari, cheklar va boshqa tegishli hujjatlarning rekvizitlari yoziladi.
Bank hujjatlari va shaxsiy hisobvaraqdan kunlik amalga oshirilgan operatsiyalar
ko‘chirmaga ilovalar kiritilgandan so‘ng kassa xarajatlari jami hisoblanadi va so‘rovnomaga ko‘ra
hisobot sana boshiga rejali ajratilgan byudjet mablag‘lari qoldiqlari chiqariladi.
Rejali ajratilgan byudjet mablag‘lariga o‘zgartirishlar kiritishda ularning qoldiqlari,
kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda chiqariladi. Bundan tashqari, oy oxirida tegishli
ravishda
oylik
va
yil
boshidan
(kassa)
aylanmalar
jami
hisoblanadi.
Moliya organlari, G‘aznachilik va uning xududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan kassa
xarajatlari byudjet tasnifining har bir bo‘linmasi bo‘yicha hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: