bo‘yicha qarzlar kreditida qaytarish bo‘yicha mahalliy byudjet hisobvarag‘idan hisobdan
chiqarilgan summalar 051-sonli hisobvaraqning debetida ko‘rsatiladi.
"Yuqori mahalliy byudjetlardan qo‘yi mahalliy byudjetlarga ajratiladigan byudjet ssudalari
" nomli 052-sonli hisobvaraqda belgilangan tartibda yuqori byudjetdan berilgan va quyi mahalliy
byudjetlar tomonidan olingan byudjet ssudalari hisobga olinadi.
Quyi byudjetlarga berilgan byudjet ssudalari 052-sonli hisobvaraqning debetida, yuqori
byudjetlardan olingan ssudalar esa ushbu hisobvaraqning kreditida ko‘rsatiladi. Byudjet ssudalari
bo‘yicha qarzlarni qaytarish uchun quyi byudjetlardan kelib tushgan summalar 052-sonli
hisobvaraqning kreditida, ssudalar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun (qaytarish uchun) o‘tkazilgan
summalar
-
ushbu
hisobvaraqning
debetida
ko‘rsatiladi.
053-sonli hisobvaraq “Respublika byudjetidan rezidentga – yuridik shaxsga yoki xorijiy davlatga
ajratiladigan byudjet ssudalar” Respublika byudjetidan rezidentga – yuridik shaxsga yoki xorijiy
davlatga ajratiladigan byudjet ssudalari, shuningdek ularni qaytarish bo‘yicha operatsiyalar hisobi
uchun
mo‘ljallangan.
Bunda, taqdim qilingan byudjet ssudalaridan tushadigan foizlarni o‘tkazish daromadlar hisobi
bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarga o‘tkaziladi.
054-sonli hisobvaraq “Davlatning ichki qarzi hisobi bo‘yicha hisobvaraq” Davlatning ichki
qarzini shakllantirish va qaytarish bilan bog‘liq operatsiyalar summalari hisobi uchun
mo‘ljallangan.
055-sonli hisobvaraq “Davlatning tashqi qarzi hisobi bo‘yicha hisobvaraq” Davlatning
tashqi qarzini shakllantirish va qaytarish bilan bog‘liq operatsiyalar summalari hisobi, shuningdek
Davlatning tashqi qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni xorijiy valyutada amalga oshirishda ijobiy yoki
salbiy kurs farqlarini aniqlash va hisobot moliya yili mobaynida tegishli hisobvaraqlarga kurs farqi
summalarini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan.
056-sonli hisobvaraq “Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa Byudjetdan tashqari
jamg‘armalarining Respublika Byudjetidan olingan va berilgan Byudjet ssudalari” Davlat
To‘lov xujjatlari ilova qilingan bank ko‘chirmalari
Memorial order
(274-b shakl)
"Bosh jurnal" daftari (1-k shakl)
Hisobot shakllari
Memorial order
(274-f shakl)
Byudjet ssudalari bo‘yicha byudjetlar
o‘rtasidagi hisob-kitoblar hisobi kitobi
(4-bsfs–shakl)
Dostları ilə paylaş: