Byudjet hisobi


Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarni xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə36/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

4.Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarni xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks 
ettirish.
Byudjet tashkilotlari, korxonalari yoki xo‘jalik birlashmalarini respublika bo‘ysunishdan
mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda respublika Moliya vazirligi tegishli quyi moliya organiga 11-
sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani yuboradi.
Korxonani, tashkilotni respublika, viloyat, shahar miqyosida bir mahalliy bo‘ysunishdan
ikkinchi mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda, yuqori moliya organi o‘zaro hisob-kitoblarga
oldingi bo‘ysunish bo‘yicha moliyalashtirish tartibida korxonani, tashkilotni o‘tkazish kunidagi
summalarni o‘tkazadi.

Byudjetlar bilan o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 11-sonli shakldagi ma’lumotnoma-


bildirishnomaga asosan buxgalteriya yozuvlari berilib memorial orderga yozuvlar o‘tkaziladi va
boshqa byudjetlar bilan hisob-kitoblar kitobiga tushiriladi.
Moliya organlarida o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 06 "Xisob kitoblar", 07 “Berilgan va
olingan mablag‘lar” nomli hisobvaraqlarda yuritiladi. Ya’ni
061 Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar 
062 Mahalliy byudjetlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar 
071 Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag‘lar 
072 Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar 
"Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq respublika byudjeti
bilan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalarni mahalliy moliya organlarida hisobga olib
borish uchun mo‘ljallangan.
"Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq 
Dt
Kt
A) respublikabyudjetidano‘zarohisob-
kitoblarbo‘yichaolinishilozimbo‘lgansummalar;

B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni


to‘lash uchun respublika byudjetiga o‘tkazilgan
summalar;

V) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni


to‘lashda hisobga olingan, yuqori byudjetdan
olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar,
subvensiyalarning summalari.
A) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha
respublika byudjetiga berilishi lozim
bo‘lgan summalar;
B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni
to‘lash uchun respublika byudjetidan kelib
tushgan summalar;
V)o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha
xarajatlarni to‘lashda hisobga olingan va
yuqori byudjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan
ortiqcha daromadlar summalari;
G) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy
byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladigan
summalarda hisobga olingan, respublika
byudjetidan olingan byudjet ssudalarining
summalari;
D) respublika bo‘ysunishidan mahalliy
bo‘ysunishga o‘tkazilgunga qadar korxona
va tashkilotlarning respublika byudjeti
bo‘yicha ochilgan byudjet mablag‘
ajratmalari summalari
061-hisobvaraqning debetida quyidagilar aks ettiriladi:
a) respublika byudjetidan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan summalar;
b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetiga o‘tkazilgan
summalar;
v) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lashda hisobga olingan, yuqori byudjetdan
olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subveniiyalarning summalari.
061-sonli hisobvaraqnnng kreditida quyidagilar aks ettiriladi:
a) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha respublika byudjetiga berilishi lozim bo‘lgan summalar;
b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetidan kelib
tushgan summalar;
v) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashda hisobga olingan va yuqori
byudjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan ortiqcha daromadlar summalari;
g) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladigan
summalarda hisobga olingan, respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalarining summalari;
d) respublika bo‘ysunishidan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunga qadar korxona va
tashkilotlarning respublika byudjeti bo‘yicha ochilgan byudjet mablag‘ ajratmalari summalari.
1. Berilgan va olingan mablag‘lar bo‘yicha davlat byudjeti ijrosi davrida yuzaga keladigan
o‘zaro hisoblashishlarning hisobi.

062 - "Mahalliy byudjetlar bilan hisob-kitoblar" nomli hisobvaraqda yuqori va quyi mahalliy


byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar hisobga olinadi. 062-sonli
hisobvaraqning debetida quyidagilar aks ettiriladi:
a) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha boshqa mahalliy byudjetlardan olinishi lozim bo‘lgan
summalar;
b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni qaytarish uchun boshqa mahalliy byudjetlar
tomonidan o‘tkazilgan summalar;
v) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni qaytarishda hisobga olingan quyi byudjetlardan
undirib olinishi lozim bo‘lgan ortiqcha daromad summalari yoki yuqori byudjetdan olinishi lozim
bo‘lgan dotatsiyalar, subvensiyalarning summalari;
g) boshqa mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunicha tashkilotlar va korxonalarning
moliyalashtirish
bo‘yicha
hisobvaraqlariga
o‘tkazilgan
mablag‘larning
summalari.
062-sonli
hisobvaraqning
kreditida
quyidagilar
aks
ettiriladi:
a) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha boshqa mahalliy byudjetlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan
summalar;
b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun boshqa mahalliy byudjetlardan
kelib tushgan summalar;
v) quyi byudjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subvensiyalarning summalari yoki
yuqori byudjetga o‘tkaziladigan, o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni qaytarishda hisobga
olingan ortiqcha daromad summalari;
g) boshqa mahalliy bo‘ysunishdan o‘tkazilgunga qadar korxonalar va tashkilotlarni
moliyalashtirish hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar summalari;
g) respublika bo‘ysunishidan tuman yoki shahar bo‘ysunishiga o‘tkazilishda, tuman yoki
shahar moliya bo‘limlarida 062-sonli hisobvaraqning kreditiga respublika byudjeti bo‘yicha
ochilgan byudjet mablag‘ ajratmalarining summasi o‘tkaziladi.
Ushbu hisobvaraq bo‘yicha debet qoldiq boshqa mahalliy byudjetning mazkur byudjetga
qarz summasini ko‘rsatadi, kredit qoldiq esa - mazkur byudjetning boshqa byudjetga qarz
summasini ko‘rsatadi.
“Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag‘lar” nomli 071-sonli hisobvaraqda
mahalliy byudjetlardan Respublika byudjetiga o‘tkaziladigan hamda Respublika byudjetidan
olinadigan mablag‘lar hisobga olinadi.
"Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar" nomli 072-sonli hisobvaraqda
mahalliy byudjetlarga beriladigan va mahalliy byudjetlardan olinadigan mablag‘lar hisobga
olinadi.
072-sonli hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlarga
beriladigan summalar aks ettiriladi;
072-sonli hisobvaraqning kreditida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlardan
olinishi lozim bo‘lgan summalar aks ettiriladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin