Byudjet hisobi


Nomoddiy aktivlar kirimini hisobga olish va ularni baholash xamda ularni balansdan



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə78/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

7.Nomoddiy aktivlar kirimini hisobga olish va ularni baholash xamda ularni balansdan 
chiqarilishi hisobi. 
Nomoddiy aktivlar kirimi hisobi buxgalteriya hisobida belgilangan tartibda buxgalteriya
birlamchi, yig‘ma va hisob registrlarida aks ettiriladi. Jumladan:
nomoddiy aktivlar tashkilot tomonidan yaratilaganda nomoddiy aktivni barpo etish
to‘g‘risida shartnoma, ob’ektni barpo etishga ketgan xarajatlarni tasdiqlovchi xujjatlar, ob’ektni
kirim qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnoma;
Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha ob’ektni sotib olishda xuquqlar berilganligi to‘g‘risida
shartnoma, amalga oshirilgan to‘lovlarni tasdiqlovchi xujjatlar, qabul qilib olish dalolatnomasi;
Beg‘araz kelib tushishi bo‘yicha xuquqlar berilganligi to‘g‘risida shartnoma, qabul qilish
dalolatnomasi, baxolash dalolatnomasi.
Ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’ektlarini aniqlash bo‘yicha
inventarizatsiya
dalolatnomasi.
Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog‘liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt bo‘yicha jamlanma
qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida AV-6 shakldagi inventar kartochka
ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6-memorial order yoki 274-son shakldagi memorial order
, memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.
Nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqsiz holga kelguniga qadar hisobda aks ettiriladi.
Foydalanishga yaroqsiz holga kelgan nomoddiy aktivlar belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan hisobdan chiqariladi:
-tugatish;
-sotish;
-beg‘araz berish;
-kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi;
-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya
hisobida aks ettirish uchun quyidagi xujjatlar rasmiylashtiriladi:
tugatish bo‘yicha amal qilish muddati tugaganligi tufayli hisobdan chiqarilganda – hisobdan
chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma;
sotish bo‘yicha – shartnoma, xaq olinganligini tasdiqlovchi to‘lov xujjatlari, chiqib ketish
to‘g‘risida dalolatnoma;
beg‘araz berilish bo‘yicha - chiqib ketish to‘g‘risida dalolatnoma;
kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi bo‘yicha – inventarizatsiya dalolatnomasi.
Nomoddiy aktivlarni chiqib ketishiga oid buxgalteriya xujjatlariga asosan buxgalteriya
yozuvlari berilib 274-son shakldagi memorial order rasmiylashtiriladi. Memorial orderga asosan
308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi (5-chizma).
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha sintetik hisob 03 “Boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar”
schyotining 030 “Nomoddiy aktivlar” subschyotida yuritiladi. Bu schyotning debet tomonida
nomoddiy aktivlar kirimi qiymati, kredit tomonida nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi
qiymati aks ettiriladi. Byudjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda 030 “Nomoddiy
aktivlar” subschyotini tashkilotga kirim qilingan nomoddiy aktivlar manbaalari bo‘yicha alohida
shakllantirib olishi mumkin. Masalan 030/1 “Nomoddiy aktivlar(byudjet mablag‘i hisobidan)”,
030/1 “Nomoddiy aktivlar (rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘i hisobidan)” va xokazo.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin