Byudjet hisobi


Tovar moddiy zaxiralarning bo‘yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə84/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

4. Tovar moddiy zaxiralarning bo‘yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish. 
Tashkilotga kirimga olinayotgan tovar moddiy zahiralar bo‘yicha aloxida qaydnomalar
ochilib barcha amalga oshirilgan xarajtlar boshlang‘ich xujjatlarga asosan rasmiylashtiriladi.
Masalan kanselyariya qog‘ozi oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha tashkilotga olindi. Bunda xarajatlar
quyidagilardan iborat bo‘ldi: shartnoma bo‘yicha bahosi jami 500000 so‘m (yuk xatiga asosan),
mol yetkazib beruvchi tashkilotdan olib kelish uchun transport tashkiloti hizmati ko‘rsatildi 50000
so‘m (bajarilgan ishlarni topshirish, qabul qilish dalolatnomasiga asosan), tashkilot xodimiga
boshqa shaxardan olib kelish uchun xizmat safariga berilgan mablag‘ 20000 so‘m (avans
hisobotiga asosan). Jami xarajat summasi 570000 so‘mni tashkil etdi.Demak tashkilot balansiga
sotib olingan kanselyariya qog‘ozi 500000 so‘m emas balki 570000 so‘m qilib xaqiqiy tannarxida
kirimga olinadi. Qaydnomaga asosan kirim qilingan tovar-moddiy zahiralar M-44 son shakldagi
Material zahiralar bo‘yicha aylanma qaydnomaga summasi tushiriladi. Bunda qiymati 570000
so‘mni tashkil etadi.
Yuqoridagi
xarajatlar
qaydnomada
quyidagicha
aks
ettiriladi.
Toshkent bank kolledji (Tashkilot nomi) Qaydnoma № Tovar moddiy zahiralar kirimi bo‘yicha
Kanselyariya qog‘ozi miqdori 100 kg. sana 07.08.2015 yil.
(TMZnomi) (so‘mda) № Ko‘rsatkichlar nomi Qiymati Asos bo‘lgan xujjat
1 Shartnoma bahosi 500000 Yuk xati2 Transport xarajatlari 50000 Bajarilgan ishlarni topshirish,
qabul qilish dalolatnomasi.
Xizmat
safari
xarajatlari
20000
Avans
hisoboti
Jami
570000
Tashkilotni o‘zida tayyorlansa tovar moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish bo‘yicha shaxsiy
hisobvaraqa ochilib barcha xarajatlar turlari bo‘yicha jamlanib boradi va shu asosida xaqiqiy
tannarxda M-44 son shakldagi Material zahiralar bo‘yicha aylanma qaydnomaga tushiriladi
Buxgalteriyada byudjet mablag‘lari yoki byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sotib
olingan (tayyorlangan) tovar-moddiy zahiralarning hisobi miqdor va summa ifodasida
materiallarning nomi, sotib olinish (tayyorlanish) manbaalari va moddiy javobgar shaxslar
bo‘yicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari
(kartochkasi)da hamda M-44-son shakldagi material zahiralar bo‘yicha aylanma qaydnomada
yuritiladi.
Omborlardagi tovar-moddiy zahiralarning hisobi moddiy javobgar shaxs tomonidan M-17-
son shakldagi materiallarni ombor hisobi daftarida faqat nomi, navi va miqdori bo‘yicha
yuritiladi. Byudjet tashkilotlarida tovar-moddiy zahiralarni hisobdan chiqarish belgilangan
tartibda amalga oshiriladi. Ma’lumki tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning balansidan:
- sotish;
- beg‘araz berish;
- saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida
tugatish (yo‘q qilish);
- kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) aniqlanishi;
- boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.
Tovar-moddiy zahiralar ular sotib olingan bahoda (yetkazib berish va boshqa qo‘shimcha
xarajatlarni ham hisobga olgan holda) yoki ular har xil narxlarda sotib olingan bo‘lsa, o‘rtacha
bahoda hisobdan o‘chiriladi. Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda
tasdiqlangan me’yorlar doirasida tashkilot rahbari (yoki uning o‘rinbosari) tomonidan
tasdiqlangan yuqoridagi tegishli hujjatlarga muvofiq hisobdan chiqarilishi lozim.
Sotish natijasida hisobdan chiqarilishi asosan tayyor maxsulotlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ma’lumki byudjet tashkilotlari faoliyat turiga mos xolda tayyor maxsulot, ish va xizmatlar ishlab
chiqarish va ularni sotish imkoniyatiga ega. Byudjet tashkilotlarida maxsulotlarni sotish jarayoni
qonunchilik
asosida
amalga
oshriladi.

Tovar-moddiy boyliklarni ya’ni material qiymatliklarni sotishdan olingan mablag‘lar byudjet


tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalarida ochilgan
shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi va byudjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda
taqsimlanadi:
50 foizi - tegishli byudjet daromadiga;
50 foizi - byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha G‘aznachilik
bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida qoladi.
Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan byudjet tashkilotlari ixtiyorida qoldiriladigan
mablag‘lar ular tomonidan faoliyat sohasiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga
yo‘naltiriladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin