1-6 gacha razryadlar - Tasdiqlangan mablag‘larning manbalari va byudjet darajasi tasnifiga
7-9 gacha razryadlar - Tasdiqlangan valyutalar klassifikatoriga muvofiq valyuta kodi;
10-14 gacha razryadlar - Tasdiqlangan hududlar tasnifiga muvofiq
hududiy tegishlilik kodi;
15-24 gacha razryadlar - Byudjetdan mablag‘ oluvchilar bo‘yicha byudjet tasnifining tegishli
ko‘rsatkichlari kodlari, bunda:
15-21 gacha razryadlar - Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifining tegishli kodi;
22-24 gacha razryadlar - Tashkiliy tasnifning tegishli kodi;
25-27 gacha razryadlar - byudjetdan mablag‘ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraq raqami
kodi.
Byudjet tashkilotlarida pul mablag‘lari hisobi byudjet (byudjet
tomonidan muassasa
xarajatlarini va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan) va byudjetdan tashqari (ta’lim
muassasalarida o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli, rivojlantirish jamg‘armasi, boshqa mahsus
mablag‘lar, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan byudjet tashkilotlari
xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini qoplash uchun kelib tushgan, chet el valyutasidagi) bo‘yicha
yuritiladi. Byudjet tashkilotlari Davlat byudjeti g‘azna ijrosiga o‘tishi
munosabati bilan hizmat
ko‘rsatuvchi banklarda ochilgan byudjet, byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha hisob
schyotlari yopilib G‘aznachilik va uning hududiy bo‘limlaridagi ochilgan shahsiy hisobvaraqlarga
o‘tkazildi. Natijada G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlari tomonidan byudjet tashkilotlarini
yuridik va moliyaviy majburiyatlari ro‘yhatga olinib yagona g‘azna hisob raqamidan to‘lab
berilmoqda.
Yuridik majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi
tomon oldidagi tuzilgan
shartnomalar, kelishuvlar va tegishli hokimiyat organlarining qarorlari bo‘yicha yuzaga kelgan
majburiyatlaridir.
Moliyaviy majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon, tovar (ish va
xizmat)lar yetkazib beruvchilar oldidagi yetkazib berilgan tovar (ish va xizmat)lar
uchun xaq
to‘lashni tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan hisob-to‘lov hujjatlarida hisoblangan,
ishchilarga ish
haqi, to‘lov hujjatlari, sud qarorlari, hamda byudjetdan mablag‘
oluvchilarni mol yetkazib
beruvchi yoki to‘lovni qabul qiluvchiga mablag‘larning o‘tkazilish majburiyatini yuklovchi
hujjatlardir.
Bu shuni anglatadiki byudjet tashkilotlari nomidan majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni
amalga oshirish g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: