bolalarning ota-onalari tomonidan to‘lanadigan badallari, shuningdek ovqatlanganligi uchun
xodimlardan tushgan mablag‘larni kirimi, kredit tomonida mablag‘larni
sarflanishi, hisobdan
chiqarilishi
aks
ettiriladi.
111 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar”
subschyotida tashkilotlar tomonidan o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar
hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida Ta’lim muassasalarida O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 6 avgustda 795 - son bilan ro‘yxatdan o‘tgan
“O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt
shakli va tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi haqida” Nizomga ko‘ra o‘qitishning to‘lov-
kontrakt shaklidan mablag‘lar tushumi kredit tomonida bu mablag‘larni sarflanishi, hisobdan
chiqarilishi
aks
ettiriladi.
112 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari”
subschyotida qonunchilikda
belgilangan tartibda tashkilotlarning rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha daromadlar va
tushumlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish
jamg‘armasi mablag‘larining hisobi yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida byudjet
tashkilotlari faoliyat turiga mos mahsulot(ish va xizmatlar) sotishdan tushumlar, ijara tushimlari,
xomiylik mablag‘lari tushumi, yil yakuniga ko‘ra byudjet mablag‘lari bo‘yicha
iqtisod qilib
qolingan mablag‘ni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishi aks ettiriladi kredit tomonida ushbu
mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan xarajatlar, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
113 “Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar” subschyotida tashkilotlarning eskirgan va keraksiz
moddiy qimmatliklarni sotishdan, shuningdek, turli xil jarimalar va penyalardan hamda boshqa
qonunchilikda taqiqlanmagan tushumlar bo‘yicha mablag‘lari hisobga olinadi. Bu schyotning
debet tomonida ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan
tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan
moddiy qiymatliklarni (byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan
tushumlar, boshqa tushimlar summasi, kredit tomonida bu mablag‘larni sarflanishi , hisobdan
chiqarilishi aks ettiriladi.
114 “Byudjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar” subschyotida
tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi
yoki tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobga olinadi. Bu schyot
asosan sud, prokuratura, boshqa xuquqni himoya qiluvchi organlarida ko‘proq qo‘llaniladi. Bu
schyotni debet tomonida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan mablag‘lar
summalari,
kredit tomonida bu mablag‘larni qaytarilishi aks ettiriladi.
Ushbu summalarning analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar
daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
115 “Valyuta hisobvarag‘i” subschyotida chet el valyutasi bo‘yicha operatsiyalarning hisobi
olib boriladi. Ushbu subschyotning debet tomonida chet el valyutalarining kirimi, kredit tomonida
esa, chet el valyutalarining chiqimi aks ettiriladi. Bu schyotning debet tomonida xorijiy
valyutadagi pul mablag‘lari tushumi yoki ijobiy kurs tafovuti aks ettiriladi, kredit tomonida xorijiy
valyutadagi pul mablag‘lari sarfi yoki salbiy kurs tafovuti aks ettiriladi.
Chet valyutasi bo‘yicha mablag‘larning sintetik hisobi 381-son jamlanma qaydnomada (3-
memorial orderda), analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida
(kartochkasida)
chet
el
valyutasi
turlari
bo‘yicha
alohida
holda
yuritiladi.
119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarni to‘lash uchun Pensiya jamg‘armasining hududiy
bo‘linmalaridan kirim qilingan mablag‘lar va boshqa pul mablag‘lari hisobga olinadi. Bu
schyotning debet tomonida Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan
byudjet tashkilotlari
xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag‘lar va boshqa mablag‘lar
tushumi kredit tomonida bu mablag‘larni sarflarishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: