Byudjet hisobi


Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə101/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

4.Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar 
Shtatda turmagan tarkibga shartnoma bo‘yicha bajargan ishlari va chiqimlari uchun,
televizor va radio-eshittirishlarda bir marta chiqish uchun qilingan buyurtmalarga beriladigan
qalam haqi summalari bo‘yicha hisob-kitoblar, shuningdek uyda nogiron bolalarni o‘qitadigan
pedagoglarga to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa barcha debitorlar va kreditorlar
bilan hisoblashuvlar buxgalteriya hisobida 159 “Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-
kitoblar” subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning kredit tomonida kreditorlik majburiyatlar,
debet tomonida kreditorlik majburiyatlarni to‘lanishi yoki debitorlik majburiyatlar aks ettiriladi.

Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobi


408-son shakldagi (6-son memorial order) jamlanma qaydnomasida, shuningdek 292-son
shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.

5.Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisoblashuvlar hisobi. 
Byudjet tashkilotlari tomonidan qonunchilikka muvofiq byudjet bilan, shuningdek byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalarga doir, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari
bo‘yicha va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar olib boriladi. Byudjet
bilan soliqlar bo‘yicha hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan
ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2015 yil 1 yanvargacha
byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari davlat byudjetiga undiriladigan soliqlar
va yig‘imlarning barcha turlaridan ozod qilinishi, bo‘shab qolgan mablag‘lar moddiy-texnika va
ijtimoiy bazani mustahkamlashga, shuningdek ularning hodimlarini moddiy rag‘batlantirishga
maqsadli yo‘naltirilishi belgilangan. Shuning uchun byudjet tashkilotlarida soliqlar bo‘yicha faqat
xodimlarni ish haqidan qonunchilikda belgilangan miqdorda daromad solig‘i ushlanmalari amalga
oshriladi va byudjetga o‘tkazib beriladi. Lekin buxgalteriya hisobida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar
hisobi alohida aks ettiriladi. Majburiy ajratmalar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov qonunchilikda
belgilangan tartibda (xozirda ish haqiga nisbatan 25% miqdorida) hisoblanib byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi. Xodimlarni ish haqiga nisbatan belgilangan tartibda
shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari (xozirda ish haqining 1% miqdorida).
Halq banki bo‘limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarga o‘tkazilib boriladi. Bundan tashqari
xodimlarning ish haqiga nisbatan (xozirda 4.5% miqdorida) Pensiya jamg‘armasiga ushlanma
(badal) amalga oshirilib o‘tkazib beriladi. Shuningdek Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan
hodimlarning ijtimoiy to‘lovlarini (qonunchilikda belgilangan miqdorda ishlovchi xodimlarga
nafaqalar va boshqalar) qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi
bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Bulardan tashqari qonunchilikda belgilangan tartibda
Davlat maqsadli jamg‘armalari (Respublika yo‘l jamg‘armasi va boshqalar) bilan hisoblashuvlar
amalga oshirilib hisoblangan ajratmalar imtiyoz ko‘rinishida aks ettiriladi. Byudjet va byudjetdan
tashqari jamg‘armalarga hisoblangan majburiy ajratma va ushlanmalar bo‘yicha buxgalteriya
ma’lumotnomalari, raschyotlari tuzilib 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida
(kartochkasi) aks ettiriladi va bir vaqtni o‘zida tegishli buxgalteriya yozuvlari berilib tegishli
memorial order - jamlanma qaydnomalariga tushiriladi. Memorial order - jamlanma qaydnomalar
asosida 308-son shakldagi Bosh jurnal kitobi va hisobot shakllari to‘ldiriladi.
Buxgalteriya hisobida yuqorida keltirib o‘tilgan byudjet va byudjetdan tashqari
jamg‘armalarga majburiy ajratmalar, ushlanmalar va boshqalar bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi
16 “Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar” schyoti quyidagi
subschyotlarga bo‘lingan holda yuritiladi:
160 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar”;
161 “Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar”;
162 “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha hisob-kitoblar”;
163 “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar”;
169 “Boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar”.
160 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar” subschyotida byudjet bilan
quyidagilar bo‘yicha qilinadigan hisob-kitoblar hisobi yuritiladi: ish haqi va boshqa to‘lovlardan
ushlab qolingan soliqlar, aybdor shaxs hisobiga olib borilgan va byudjetga o‘tkazilishi lozim
bo‘lgan kamomadlar summalari, moddiy qimmatliklarni sotishdan tushgan va qonunchilikka ko‘ra
byudjet daromadiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan summalar va boshqa byudjet bilan hisob-kitoblar
aks ettiriladi. Bu subschyotning kredit tomonida hisoblangan soliqlar summasi, debet tomonida
hisoblangan soliqlarni o‘tkazilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Analitik hisob har bir hisob-kitoblar turlari bo‘yicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va
hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi)da olib boriladi.

161 “Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotida mehnatga xaq to‘lash


jamg‘armasidan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lovlarning hisobi olib boriladi.
u schyotning kredit tomonida belgilangan tartibda xodimlarni ish haqiga nisbatan
hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasi, debet tomonida hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov
summasini o‘tkazib berilishi aks ettiriladi.
161-“Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyot bo‘yicha analitik hisob
292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.
162 “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya xisobvarag‘i badallari buyicha hisob-kitoblar”
subschyotida tashkilotlar xodimlarining jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari bo‘yicha
badallari hisobi yuritiladi. Bu subschyotning kredit tomonida xodimlar ish haqiga nisbatan
hisoblangan shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya xisobvarag‘i badallari summasi, debet
tomonida hisoblangan badallarni o‘tkazib berilishi aks ettiriladi.
Analitik hisob har bir shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy
badallarni o‘tkazuvchi xodimlar bo‘yicha alohida holda yuritiladi.
163 “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar” subschyotida
tashkilotlarning xodimlariga hisoblangan ish xaqlaridan byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasiga ajratma qilinadigan badallari, qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish,
xizmat)larning xaqiqatdagi xajmidan majburiy ajratmalarning hisobi, shuningdek davlat ijtimoiy
sug‘urtasi va boshqa byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan
to‘lovlar bo‘yicha byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan olib boriladigan hisob-kitoblari
hisobi yuritiladi. Bu schyotning kredit tomonida xodimlariga hisoblangan ish xaqlaridan
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan badallar qonunchilikka muvofiq sotilgan
mahsulot (ish, xizmat)larning xaqiqatdagi xajmidan Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar
summasi shuningdek Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlarni kelib
tushishi aks ettiriladi. Debet tomonida Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan badallar va
ajratmalarni o‘tkazib berilishi va Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlarni
hisoblanishi aks ettiriladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan Davlat ijtimoiy
sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar va boshqa to‘lovlar hisoblanganda
163 “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar” subschyotning debetida
va 171 “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotning kreditida aks
ettiriladi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlaridan tashkilot
hisobvarag‘iga kelib tushgan summalarga pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar
debetlanadi va 163 “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar” subschyot
kreditlanadi.
Analitik hisob byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan
to‘lovlarni
oluvchilar
bo‘yicha
alohida
holda
yuritiladi.
169 “Boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar” subschyotida
tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim, tibbiyot
muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha byudjetdan
tashqari jamg‘arma, Respublika yo‘l jamg‘armasi va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar
bilan qonunchilikka muvofiq olib boriladigan hisob-kitoblari yuritiladi. Bu schyotning kredit
tomonida byudjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan ajratmalar summasi, debet tomonida
hisoblangan ajratmalar summasini o‘tkazib berilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin