tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib topshiradilar. Avans hisobotiga ilova qilingan hujjatlar hisobdor
shaxs tomonidan ularning hisobotda yozilish tartibiga qarab raqamlab chiqiladi.
Buxgalteriyada avans hisobotlari arifmetik tekshirib chiqiladi, shuningdek, hujjatlarni to‘g‘ri
rasmiylashtirilganligi hamda mablag‘larni muayyan maqsadlar uchun sarflanganligi tekshiriladi.
Tekshirib chiqilgan avans hisobotlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Foydalanilmagan avans qoldig‘i hisobdor shaxs tomonidan avans hisoboti topshirilgandan
so‘ng uch kundan kechiktirmasdan tashkilot kassasiga qaytarilishi lozim. Hisobdor shaxsga oldin
berilgan avans summasi to‘liq qaytarilgandan so‘ng yangidan avans beriladi. Hisobi beriladigan
summalarning sarflanganligi haqida belgilangan muddatda avans hisoboti
topshirilmagan yoki
foydalanilmagan avans qoldig‘i kassaga qaytarilmagan hollarda tashkilotlar
bu qarzlarni avans
olgan shaxslarning ish haqlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: