"Haqiqiy xarajatlar-jami" ustunida tashkilot tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar
(byudjet bo‘yicha) yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda (294-shakl daftarlar ma’lumotlari asosida)
xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha yoziladi.
Tashkilotlar tomonidan o‘tgan yillarda, shuningdek, joriy yilda byudjet mablag‘lari
hisobidan sotib olingan asosiy vositalariga hisoblangan eskirish summasi xarajatlar smetasining
ijrosi haqida hisobot (2-shakl)da xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib
olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo‘yicha
xaqiqiy xarajatlar
sifatida aks ettiriladi.
Bunda, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan o‘tgan yillarda, shuningdek,
joriy yilda
sotib olingan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi esa, tegishli ravishda
byudjetdan tashqari mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi hisobotlarda
xarajatlar iqtisodiy
tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda
va elementlari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
Byudjet tashkiloti bo‘lmagan byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlar tomonidan byudjetdan
olingan mablag‘larning ijrosi bo‘yicha tuzilgan xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-
shakl)da byudjet mablag‘ining ishlatilgan qismi doirasida xarajatlar iqtisodiy tasnifining tegishli
moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlarni to‘liq aks ettiradilar.
Tashkilotlarga boshqa byudjetlar hisobidan mablag‘lar ajratilgan hollarda mazkur
mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl) tegishli
moliya organiga ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda taqdim qilinadi.
Asosiy xarajatlar smetasi bo‘yicha moliyalashtiriluvchi tegishli moliya organiga esa, mazkur
hisobotlarning nusxalari ma’lumot uchun taqdim qilinadi.
Xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl) tashkilotlar tomonidan xarajatlar
tasnifining har bir bo‘lim, kichik bo‘lim va bobi bo‘yicha alohida holda tuziladi.
Tashkilotning byudjet hisob raqamlaridagi (shaxsiy hisobvaraqlaridagi) hisobot choragining
oxirgi ish kuniga tejab qolingan va belgilangan tartibda rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga
o‘tkazilgan byudjet mablag‘lari alohida (I-IV xarajat guruxlariga qo‘shilmagan holda) “Byudjet
tashkilotida hisobot choragining oxirgi kuniga tejab qolingan
va byudjet tashkilotining
rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazilgan mablag‘lar” qatorida kassa xarajatlari
sifatida aks ettiriladi va “Xarajatlarning hammasi”da hisobga olinadi.
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) tashkilotlar tomonidan har chorakda
hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.
Quyida byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobot
(2-shakl) ko‘rsatkichlarini tegishli hisob registrlari va boshqa hujjatlar bilan o‘zaro muvofiqlik
jadvalini keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: