Byudjet hisobi


Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yichapul mablag‘lari harakati



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə126/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

5.Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yichapul mablag‘lari harakati 
to‘g‘risidahisobotni tuzish tartibi. 
Mazkur hisobot tashkilotlar tomonidan hisobot davri mobaynida faoliyat turiga muvofiq
mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlarni, vaqtincha
foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishdan, yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga ko‘rsatilgan homiylik (beg‘araz) yordamlar
hisobidan tushgan tushumlarni, shuningdek hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan
va rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilgan byudjet mablag‘lari harakatini aks ettirish uchun
tuziladi.
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida
hisobot shaklini tuzishdan oldin tashkilotlar:
- hisobot choragi mobaynidagi faoliyat turiga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab
chiqarish va sotishga, vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini

ijaraga berishga, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga ko‘rsatilgan


homiylik (beg‘araz) yordamlarga, shuningdek hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan
byudjet mablag‘lariga doir dastlabki hujjatlarni to‘liqligini;
- hisob raqamlardan olingan ko‘chirmalarni va tegishli hisob registrlari ma’lumotlarini
to‘g‘riligini tekshirib chiqadilar.
"1. Yil boshiga pul mablag‘i qoldig‘i" qatoriga tegishli hisobvaraqlardan ko‘chirmalarga
muvofiq rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha hisobot yilining birinchi sanasiga mavjud pul
mablag‘lari qoldig‘i aks ettiriladi. Bunda, g‘aznachilik bo‘linmalarining tegishli tranzit
hisobvaraqlaridagi tashkilotga tegishli bo‘lgan qoldiq mablag‘lar ham hisobga olinishi lozim.
"2. Hisobot davrida tushgan tushumlar – jami" qatorida "a, b, v va g" qatorlar bo‘yicha hisobot
davriga
tushgan
barcha
daromadlar
(tushumlar)ning
yig‘indisi
ko‘rsatiladi.
"a) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan" qatorida tashkilotlar faoliyat turi
bo‘yicha mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan olingan jami tushumlarini (pul
mablag‘larini) ko‘rsatadilar.
"b) vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga
berishdan" qatorida tashkilotlar vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va boshqa mulklarni
ijaraga berishdan tushgan daromadlarini (pul mablag‘larini) ko‘rsatadilar.
"v) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga ko‘rsatiladigan homiylik
(beg‘araz) yordami hisobidan" qatorida Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi
hisobvarag‘iga homiy tashkilotlardan hamda jismoniy shaxslardan tushgan homiylik yordamlari
ko‘rsatiladi.
"g) hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan byudjet mablag‘lari hisobidan"
qatorida qonun hujjatlariga muvofiq tashkilotlarning xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan
mablag‘larning hisobot choragi oxirgi kunida tejab qolingan qismining Byudjet tashkilotini
rivojlantirish jamg‘armasi hisobvarag‘iga o‘tkazilgan summasi ko‘rsatiladi.
"3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami" qatorida 4-ustun "Kassa
xarajatilari - jami "da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi ko‘rsatiladi.
"4. Hisobot davri oxiriga pul mablag‘i qoldig‘i" qatorida "1. Yil boshiga pul mablag‘i
qoldig‘i” va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar – jami” qatorlarida aks ettirilgan
tushumlarning yig‘indisidan hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarining ("3. Hisobot
davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami" qatori bo‘yicha summaning) ayirmasi
ko‘rsatiladi.
“Xarajatlar yoyilmasi”da rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan
kassa va xaqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining
xarajat
moddalari,
kichik
moddalari
va
elementlari
bo‘yicha
aks
ettiriladi.
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-
sanasiga qadar topshiriladi.
Quyida Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati
to‘g‘risida hisobot ko‘rsatkichlarini tegishli hisob registrlari va boshqa hujjatlar bilan o‘zaro
muvofiqlik jadvalini keltiramiz.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin