Byudjet hisobi


Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə128/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

7.Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar 
harakati to‘g‘risida hisobotni tuzish tartibi 
Ushbu hisobot Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan
mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan.
Oliy ta’lim muassasalari mazkur hisobotni tuzishdan oldin quyidagilarni to‘g‘riligini tekshirib
chiqadilar:
- o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘larning shakllanishi va sarflanishiga
oid barcha dastlabki hujjatlarning to‘liqligini;
- analitik hisob ma’lumotlarining tegishli sintetik hisob ma’lumotlarga muvofiqligini;
- tegishli hisob registrlari ma’lumotlarining to‘liq va to‘g‘ri yozilganligini.
"1. Yil boshiga pul mablag‘i qoldig‘i" qatoriga tegishli hisobvaraqlardan ko‘chirmalarga muvofiq
hisobot yilining birinchi sanasiga mavjud to‘lov-kontrakt mablag‘lari qoldig‘i aks ettiriladi.
"2. Hisobot davrida tushgan tushumlar - jami" qatorida "a, b va v" qatorlar bo‘yicha hisobot
davriga tushgan daromadlarning yig‘indisi ko‘rsatiladi.
"3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami" qatorida 4-ustun "Kassa
xarajatilari - jami"da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi ko‘rsatiladi.

"4. Hisobot davri oxiriga pul mablag‘i qoldig‘i" qatorida "1. Yil boshiga pul mablag‘i


qoldig‘i” va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar – jami” qatorlarida aks ettirilgan
tushumlarning yig‘indisidan hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarining ("3. Hisobot
davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami" qatori bo‘yicha summaning) ayirmasi
ko‘rsatiladi.
“Xarajatlar yoyilmasi”da to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan kassa va
xaqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat
moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha aks ettiriladi.
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi
oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.
Quyida Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar
harakati to‘g‘risida hisobot ko‘rsatkichlarini tegishli hisob registrlari va boshqa hujjatlar bilan
o‘zaro muvofiqlik jadvalini keltiramiz.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin