Byudjet hisobi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə13/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

Internet saytlari: 
www.lex.uz

www.mf.uz


www.soliq.uz
www.gov.uz
www.oecd.org/gov/budget/database


2-MAVZU: DAVLAT BYUDJETI IJROSI HISOBINING TASHKILIY – USLUBIY 
JIHATLARI 

REJA: 
1. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida, davlat maqsadli
jamg’armalari buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari.
2. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalari
buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan buxgalteriya xujjatlari.
3. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida, davlat maqsadli
jamg’armalari buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlar va buxgalteriya balansining
tuzilishi.

4. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida davlat maqsadli


jamg’armalari, buxgalteriya hisobi registrlari va ularga yozuvlar qilish tartibi.
5. Moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh hisobchisining majburiyatlari,
huquqlari va javobgarligi.
6. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida xamda davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobining ahborot tizimlari va ulardan
foydalanish.
7.Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha byudjet hisobini tashkil etishning horij tajribasi

1. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya 
hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari
Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining "Byudjet tizimi to’g’risida" va
"Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonunlariga, “Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahri byudjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma”,
G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida davlat byudjeti kassa ijrosi. O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining 2013 yil 2 dekabr 157-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston
Respublikasi Davlat byudjeti g’azna ijrosi byudjet hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan
buxgalteriya hisobi yuritilmoqda va boshqa tegishli qonuniy xujjatlarga asosan O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning
hududiy bo’linmalari Qaroqalpog’iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent
shahar moliya boshqarmalari, shahar va tuman moliya bo’limlari buxgalteriya hisobini yuritadi.
Xozirda byudjet ijrosi hisobi kassa usuliga asoslangani sababli, Moliya organlari shuningdek
G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yagona “G’azna
dasturi”da yuritmoqda. Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy
bo’linmalari bosh buxgalterlari o’z ishlarida (faoliyatlarida) O’zbekiston Respublikasi Davlat
byudjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga
tayanadilar.
Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobini
yuritishdan maqsad davlat byudjeti ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya axborotlarini
shakllantirishdan iboratdir.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin