Nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risida hisobot tashkilotning hisobot yili mobaynidagi
nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va tovar-moddiy zaxiralari)ning
mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
Mazkur hisobot shaklini tuzishdan oldin tashkilotlar:
- hisobot yili boshiga mavjud
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy zaxiralar
qoldig‘ining to‘g‘riligini (asoslanganligini);
- yil mobaynida tashkilotga kirim bo‘lgan va tashkilotdan chiqim bo‘lgan barcha
nomoliyaviy aktivlarni (byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi bo‘yicha alohida holda)
hisob registrlarida ("Asosiy vositalar bo‘yicha aylanma vedomost" 326-shakl, “Moddiy
qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi) 296-shakl, "Bosh jurnal kitobi" 308-
shakl va boshqa tegishli registrlarda) to‘g‘ri
aks ettirilganligini;
- kirim va chiqim operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini va to‘liqligini
tekshirib chiqadilar.
Ushbu hisobotda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar to‘g‘risida ma’lumotlar "Bosh jurnal
kitobi" (308-shakl) va boshqa asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi yuritiladigan hisob
registrlari ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi. Hisobotda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning
(byudjet yoki byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan olinganligi ko‘rsatilgan holda) yil boshiga
mavjud qoldig‘i, hisobot yili mobaynida kirim bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning
qiymati va chiqim bo‘lgan (hisobdan chiqarilgan)larining qiymati,
shuningdek, hisobot davri
oxiriga tashkilotlar balansidagi mavjud qiymati ko‘rsatiladi.
Asosiy vositalarni har yilgi qayta baholash hisobiga dastlabki (tiklanish)
qiymatining
o‘zgarishi (oshishi yoki kamayishi) hisobot shaklining alohida "Qayta baholash natijasida"
qatorida aks ettiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha hisobot davri boshiga va oxiriga qoldig‘i hamda tashkilot
ehtiyojlariga sarflangan tovar-moddiy zaxiralarning summasi byudjet mablag‘lari
hisobidan
hamda
byudjetdan
tashqari
mablag‘lar
hisobidan
alohida
holda
ko‘rsatiladi.
Shuningdek, tashkilotga kirim bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar, shundan bepul olinganlari, sotib
olinganlari, ortiqcha materiallarning kirimga olinishi hamda yil
mobaynida chiqim qilingan
material zaxiralar, shundan bepul berilganlari, sotilganlari, kamomadlar va boshqa sabablar tufayli
chiqim qilinganlarining qiymati ko‘rsatiladi.
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan hisobot yili uchun topshiriladigan balans bilan
birga taqdim qilinadi.
Dostları ilə paylaş: