Byudjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobini amalga oshirish uchun g’aznachilik
bo’linmalarining birlamchi hujjatlarga va hisobga olish registrlariga imzo qo’yish huquqiga ega
hodimlari tomonidan imzolangan birlamchi hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Birlamchi hisob hujjatlarida ma’sul shaxslarning imzolari bo’lmasa, ular haqiqiy hisoblanmaydi.
Byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya yozuvi uchun quyidagi belgilangan
tartibda rasmiylashtirilganlar asos bo’lib xizmat qiladi:
G’aznachilik bo’linmalarining g’azna hisobvaraqlaridan, ushbu hisobvaraqlardan pul
mablag’larining (o’tkazish va qabul qilish) harakatini tasdiqlovchi xizmat ko’rsatuvchi banklarning
tegishli belgilari qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va boshqa to’lov hujjatlari (elektron yoki qog’oz
holatidagi) ilova qilingan bank ko’chirmalari;
G’aznachilik bo’linmalari maxsus hisobvaraqlaridan byudjet mablag’lari hisobiga ish haqi va unga
tenglashtirilgan to’lovlarni amalga oshirish, shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchilarning ma’lum
maqsadlar uchun byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan naqd pul mablag’lari to’lovi bo’yicha shu
hisobvaraqlardan pul mablag’larining (o’tkazish va qayta tushirish) harakatini tasdiqlovchi xizmat
ko’rsatuvchi banklarning tegishli belgilari qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va boshqa to’lov hujjatlari
(elektron yoki qog’oz ko’rinishida) ilova qilingan bank ko’chirmalari;
Dostları ilə paylaş: