Byudjet hisobi


Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə17/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

4. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya 
hisobi registrlari va ularga yozuvlar qilish tartibi
Muomalalar "Bosh jurnal"ga, analitik (tahliliy) hisob daftarlariga memorial orderlar va
ularga ilova qilingan hujjatlarga, ma’lumotlar asosida yoziladi. Moliya organlari shuningdek
G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya bo’limida byudjet ijrosiga oid dastlabki
hujjatlar asosida yig’ma hujjatlar tuziladi va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirilib memorial order
va tegishli buxgalteriya kitoblari rasmiylashtiriladi, shuningdek memorial orderlardagi yozuvlar
Bosh daftarga o’tkaziladi joriy oydagi jami muomalalar summasining yig’indisi.
Oyning ohirida buxgalteriya yozuvlarining to’g’riligi ustidan nazorat qilish uchun tahliliy
hisob daftarida ko’rsatilgan debet va kredit bo’yicha aylanmalar yig’indilari va qoldiqlar “Bosh
jurnal” daftarining sintetik hisobvaraqlaridagi aylanmalar yig’indilari va qoldiqlar bilan
solishtiriladi.
Buxgalteriya balansini tuzish uchun asos bo’lib, Bosh jurnal daftaridagi chiqarilgan qoldiq
summalari olinadi.
Joriy yil bo’yicha byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi yozuvlarida topilgan hatolar
quyidagi tartibda to’g’rilanadi:
a) mazkur hisobot davrida buxgalteriya balansi taqdim qilingunga qadar aniqlangan,
memorial order ma’lumotlarini o’zgartirishni talab qilinmaydigan hato noto’g’ri summalar va
matnni ustidan, o’qib bo’ladigan darajada ingichka chiziq tortish, kerak bo’lgan paytda
chizilganlar ustiga to’g’ri summalarni va yangi matnni yozish orqali to’g’rilanadi. Har bir tuzatish
bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi;
b) buxgalteriya balansini taqdim qilingunga qadar, memorial orderdagi hato natijasida
topilgan hato yozuv, uning xarakteriga muvofiq qo’shimcha memorial order tuzish orqali yoki
"Qizil storno" usuli bilan tuzatiladi. Balans taqdim qilingandan so’ng hisobot davri buxgalteriya
hisobi yozuvlaridagi topilgan hatolar ham huddi shu tarzda tuzatiladi. Hatolar "Qizil storno" usuli
bilan tuzatilganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: hato yozuv qilib qizil
siyohda qaytadan yozilib, to’g’risi esa - qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yoziladi. Jami summalarni
hisoblashda qizil siyohda yozilgan summalar qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yozilgan summalar
yig’indisidan ayiriladi. Hatolarni tuzatish bo’yicha qo’shimcha buxgalteriya yozuvlari,
shuningdek "Qizil storno" usuli bilan xato tuzatishlar, odatdagi rekvizitlar bilan bir qatorda
memorial orderlar bilan rasmiylashtirilib, tuzatish kiritilgan memorial orderning tuzilgan sanasi va
raqamiga asosan tuzilganligi ta’kidlab o’tiladi.
Hisobot yili tugashi bilan va yakuniy balans tuzilishidan oldin buxgalteriya hisobi
daftarlarida har bir sintetik va analitik (tahliliy) hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalar yig’indisi
hisoblanib, ushbu hisobvaraqlar bo’yicha qoldiqlar chiqariladi.
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisobvaraqlar bo’yicha buxgalteriya registrlarida
yilning boshiga mavjud bo’lgan qoldiqlar yakuniy balans va o’tgan yilning hisob registrlaridagi
yozuvlarga to’liq mos kelgan holda yoziladi. Buxgalteriya balansi Davlat byudjeti ijrosi jarayonida
byudjet mablag’lari va ularni manbaalari holatini aks ettirib beradi.



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin